Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 105

Advertising
background image

9

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI O’RNATISH

Pechni poldan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o’rnating. Yuza

pechning og’irligini xavfsiz darajada ko’tarish uchun yetarlicha mustahkam

bo’lishi kerak.
1. Pechni o’rnatish chog’ida ventilyatsiya normal bo’lishi

uchun pech va boshqa predmetlar orasidagi masofa

pechning orqa va yon devorlari uchun kamida

10 sm, pechning ustki qopqog’i uchun –

20 sm bo’lishi kerak.

2. Pechning ichidagi barcha o’rama materiallarni

chiqarib oling.

Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o’rnating.

Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

3. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab

chiqaruvchi firmadan yoki uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli

agentidan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish

to'plamiga almashtirish zarur.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr kabeli vilkasini 230 V, 50 Gts

bo’lgan o’zgaruvchan tok tarmog’ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli

rozetkasiga ulang. Agar qurilmaning elektr tarmog'iga ulash kabeli

shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish zarur.

Mikroto’lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona

plitasi yoki isitish radiatori yoniga o’rnatmang. Pech iste’mol qiladigan

quvvatni inobatga olish zarur, har qanday uzaytirgich pech bilan birga

yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi

kerak. Mikroto’lqinli pechni ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va

eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto’lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Pech

yoqilganda displeyda avtomatik ravishda "12:00" yozuvi namoyish qilinadi.

Joriy vaqtni o’rnating. Soat vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda

namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o’rnatish kerak bo’ladi.

• Mikroto’lqinli pechni ilk marta o’rnatayotganda
• O’zgaruvchan elektr toki tarmog’ida uzilishlar bo’lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o’tgan paytda va, aksincha bo’lganida,

soatni to’g’rilashni unutmang.

1. Vaqtni o'rnatish uchun...

24 soatli formatda

12 soatli formatda

Часы (Soat) tugmachasini bir yoki ikki marta bosing

2. Soatni h tugmachasi, daqiqalarni esa — min

tugmachasi yordamida tanlang.

3. Displeyda to’g’ri vaqt namoyish qilinganda soat

ishlay boshlashi uchun Часы (Soat) tugmachasini

bosing.

Natija:

Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda

joriy vaqt ko’rsatiladi.

Orqadan

10 sm

Yuqoridan

20 sm

Yon tomondan

10 sm

Poldan

85 sm

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 9

2013-11-28 �� 6:39:02

Advertising