Инструкция по эксплуатации Samsung GE83XR

Страница 115

Advertising
background image

19

O'ZBEKCHA

TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK TARZDA MUZDAN

TUSHIRISH FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH

Tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyasi go’sht,

parranda go’shti, baliq va mevalar/reza mevalarni muzdan tushirishga

imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda

o’rnatiladi.

Dastur va mahsulotlar og’irligini tanlashning o’zi yetarli.

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan idishlardan

foydalaning.

Avval muzlatilgan mahsulotni aylanuvchi patnis o’rtasiga joylashtiring va

eshikchani yoping.
1. Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan

muzdan tushirish) (

) tugmachasini bir yoki bir

necha marta bosgan holda tayyorlanayotgan taom

turini tanlang. (Qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun

keyingi sahifadagi jadvalga qarang)

2. КГ (kg) va 100Г (100g) tugmachalarini bosgan

holda mahsulot og’irligini tanlang.

Ruxsat berilgan eng ko’p og’irlik – 1500 g.

3. СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

Mahsulotlarning muzdan tushishi

boshlanadi.

Muzdan tushirish vaqtida pech mahsulotlarni ag’darish

kerakligini eslatgan holda tovushli signallar beradi.

Muzdan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana

СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Mahsulotlarni qo’l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning

uchun quvvat darajasi 180 Vt bo’lgan "Mikroto’lqinlar rejimida taom

tayyorlash/isitish" funksiyasini tanlang. Batafsil ma’lumotlar olish uchun

quyidagi sahifadagi "Taom tayyorlash/Isitish" bo’limiga qarang: 11.

AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH

FUNKSIYASINING PARAMETRLARI

Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirish

rejimining turli dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar

keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o’rama materiallarni olib tashlash

kerak. Go’sht, tovuq, baliq yoki meva/reza mevani sopol tarelkaga joylashtiring.

Kod

Taom

Porsiya

miqdori

Ushlab

turish vaqti

Tavsiyalar

1

Go'sht

200-1500 g 20-90 daq. Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping.

Pech tovushli signal berganida,

go’shtni aylantiring. Ushbu dastur

mol go’shti, qo’y go’shti, cho’chqa

go’shti, antrekotlar, to’qmoqlangan

go’sht, qiymani muzdan tushirish uchun

mo’ljallangan.

2

Parranda

go'shti

200-1500 g 20-90 daq. Oyoqlari va qanotlarining uchini

alyuminiy folga bilan yoping. Pech

tovushli signal berganida, parranda

go’shtini aylantiring. Siz tovuqni ham

butunligicha, ham bo’laklar ko’rinishida

muzdan tushirishingiz mumkin.

3

Baliq

200-1500 g 20-80 daq. Butun baliqning dumini alyuminiy folga

bilan yoping. Pech tovushli signal

berganida, baliqni aylantiring. Ushbu

dastur baliqni ham butunligicha, ham

baliq filesining bo’laklari ko’rinishida

muzdan tushirish uchun mo’ljallangan.

4

Mevalar

100-600 g

5-20 daq.

Mevalarni tekis shisha idishga tekis

yoyib chiqing. Tovushli signal berilishi

bilan mevalarni joylashtiring. Bu dastur

mevalarning barcha turlari uchun mos

keladi.

Mahsulotlarni qo’lda muzdan tushirish uchun qo’lda muzdan tushirish

funksiyasini va 180 Vt ga teng quvvat darajasini tanlang. Qo’lda muzdan

tushirish va muzdan tushirish vaqti to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish

uchun quyidagi sahifalarga qarang: 27.

GE83XR_BWT_DE68-04056A-03_UZ.indd 19

2013-11-28 �� 6:39:05

Advertising