Nosozliklarni bartaraf qilish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 216

Advertising
background image

Nosozliklarni bartaraf qilish

O'zbek

48

Nosozliklarni bartaraf qilish

Axborot kodlari

Agar kir yuvish mashinasi noto‘g‘ri ishlasa, ekranda axborot kodini ko‘rish mumkin. Quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni
sinab ko‘ring.

Kod

Amal

4C

Suv kelmayapti.
• Suv kranlari ochilganligiga ishonch hosil qiling.
• Suv shlanglari tiqilib qolmasin.
• Suv kranlari muzlab qolgan bo‘lmasin.
• Kir yuvish mashinasining yetarli suv bosimi bilan ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
• Sovuq va issiq suv kranlari to‘g‘ri ulangan bo‘lsin.
• To‘rli filtrni tozalang, chunki u tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.

4C2

• Sovuq suv keladigan shlang sovuq suv kraniga mahkam ulanganiga ishonch hosil

qiling. Agar issiq suvga ulab qo‘yilgan bo‘lsa, ba’zi sikllarda kirlarning shakli buzilishi
mumkin.

5C

Suv chiqib ketmayapti.
• Oqava shlangi muzlab yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
• Oqava shlangi ulanish turiga qarab to‘g‘ri o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling.
• Chiqindi filtrini tozalang, chunki u tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
• Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil

qiling.

• Axborot kodi yo‘qolmasa, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

dC

Mashina eshigi ochiq holda ishlatilmoqda.
• Eshikning to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
• Eshikda kirlarning qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

OC

Suv toshib ketdi.
• Aylantirishdan so‘ng qaytadan boshlang.
• Axborot kodi ekrandan yo‘qolmasa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga

murojaat qiling.

LC, LC1

Oqava shlangini tekshiring.
• Oqava shlangining uchi yerda bo‘lsin.
• Oqava shlangi tiqilib qolmagan bo‘lsin.
• Axborot kodi yo‘qolmasa, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 48

6/22/2016 7:42:28 PM

Advertising