Ishga tushirishdan avval – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 192

Advertising
background image

O'zbek

24

Ishga tushirishdan avval

Dastlabki sozlashlar

"Kalibrlash" funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)

Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlashdan avval barabanning bo‘sh
ekanligiga ishonch hosil qiling.
1. Kir yuvish mashinasini o‘chirib, keyin qayta yoqing.
2. Kalibrlash rejimiga kirish uchun Температура (Haror.) va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmalarini 3 soniya birga

bosib turing. “Cb” xabari paydo bo‘ladi.

3. Kalibrlash siklini boshlash uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
4. Baraban 3 daqiqacha soat mili yo‘nalishida va soat miliga qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi.
5. Sikl tugallangach, displeyda “0” ko‘rinadi va kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o‘chadi.
6. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

Kir yuvish bo‘yicha ko‘rsatmalar

1-qadam Saralash

Kirlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha turlarga ajrating:
• Yuvish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan

qilingan buyumlar turlariga ajrating.

• Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.
• O‘lcham: Turli o‘lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.
• Nozikligi: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan foydalanib nozik

buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.

IZOH

Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.

Ishga tushirishdan avval

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 24

6/22/2016 7:42:22 PM

Advertising