Ishga tushirishdan avval – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 194

Advertising
background image

Ishga tushirishdan avval

O'zbek

26

Ishga tushirishdan avval

6-qadam Mos turdagi kir yuvish vositasidan foydalaning

Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rangi, yuvish harorati va kirlanish darajasiga bog‘liq
bo‘ladi. Doim avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo‘ljallangan "kam ko‘piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.

IZOH

• Yuviladigan kirlarning og‘irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda,

kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv
idorasiga murojaat qiling.

• Qattiqlashishga moyil bo‘lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari chayish siklidan keyin

qolib ketib, barabanning suv chiqarish tirqishlarini to‘sib qo‘yishi mumkin.

DIQQAT

Junli matolar siklidan foydalanib, junli matolarni yuvish vaqtida mo’tadil suyuq kir yuvish vositasidan foydalaning. Junli matolar
siklidan foydalanilganda, kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o‘chirishi mumkin.
Kir yuvish kapsulalari
Kir yuvish kapsulalaridan samarali foydalanish uchun quyidagi yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.

1. Kapsulani bo‘sh barabanning tubiga, orqa tarafga

qaratib qo‘ying.

2. Kirlarni kapsulaning ustidan qo‘ying.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 26

6/22/2016 7:42:22 PM

Advertising