Nosozliklarni bartaraf qilish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 214

Advertising
background image

Nosozliklarni bartaraf qilish

O'zbek

46

Nosozliklarni bartaraf qilish

Muammo

Amal

To‘xtab qolmoqda.

• Elektr shnurini ishlayotgan rozetkaga tiqing.
• Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.
• Mashinani ishga tushirish uchun eshigini yopib, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

Sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u
aylanishni boshlamaydi.

• Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni

tezda chiqarib tashlaydi.

• Siklda pauza yoki ivitish vaqti bo‘lishi mumkin. Biroz kutib tursangiz, mashina ishni

boshlashi mumkin.

• Suv kraniga ulangan shlanglardagi to‘rli filtr tiqilib qolmagan bo‘lsin. To‘rli filtrni

muntazam tozalab turing.

• Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib

tashlamaydi yoki aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay
boshlaydi.

Noto‘g‘ri haroratdagi suv
bilan to‘lmoqda.

• Har ikkala kranni oxirigacha oching.
• Harorat to‘g‘ri tanlanganiga ishonch hosil qiling.
• Shlanglar tegishli kranlarga ulangan bo‘lsin. Suv tizimiga og‘irlik tushirmoqda.
• Suvni isitkich kamida 120 °F (49 °C) issiq suvni beradigan qilib qo‘yilgan bo‘lsin. Suvni

isitkich sig‘imi va tiklash tezligini ham tekshiring.

• Shlanglarni chiqarib olib, to‘rli filtrni tozalang. To‘rli filtr tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
• Mashina suvga to‘layotganida, suv harorati o‘zgarishi mumkin, chunki haroratni

avtomatik tekshirish xususiyati kelayotgan suv haroratini o‘lchab turadi. Bu oddiy
holdir.

• Sovuq yoki issiq harorat tanlanganida, mashina suvga to‘layotganida, faqatgina qaynoq

va/yoki faqatgina sovuq suv taqsimlagichdan o‘tayotganligini sezishingiz mumkin.
Bu haroratni avtomatik boshqarish xususiyatining normal ishlashi bo‘lib, mashina suv
haroratini aniqlaydi.

Sikl tugaganida, kirlar ho‘l
qolmoqda.

• Aylanish tezligini High (Yuqori) yoki Extra High (O‘ta yuqori) qilib tanlang.
• Mag‘zavani kamaytirish uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
• O‘ta kam yuklangan. Kam yuk (bir-ikkita narsa) muvozanat hosil qilmagani uchun to‘liq

aylanmasligi mumkin.

• Oqava shlangi bukilib yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.

Suv sizib chiqmoqda.

• Eshikning to‘g‘ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
• Shlang ulangan joylari mahkam bo‘lsin.
• Oqava shlangining uchi oqava tizimiga to‘g‘ri tiqilgan va mahkamlangan bo‘lsin.
• Yukni haddan tashqari ko‘paytirib yubormang.
• Mag‘zava ko‘payib ketmasligi uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 46

6/22/2016 7:42:28 PM

Advertising