Kir yuvish vositasi tortmasi bo‘yicha yo‘riqnoma – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 195

Advertising
background image

O'zbek 27

Ishga tushirishdan avval

DIQQAT

Sovuq suv ishlatiladigan sikllarda yoki bir soatdan kam davom etadigan sikllarda suyuq kir yuvish vositasidan foydalanish
tavsiya etiladi. Aks holda kapsula to‘liq erimasligi mumkin.

Kir yuvish vositasi tortmasi bo‘yicha yo‘riqnoma

Kir yuvish mashinasida uch bo‘lmali taqsimlagich bor: chap bo‘lma asosiy yuvish uchun, oldidagi o‘ng bo‘lma gazlamani
yumshatadigan vositalar uchun, orqadagi o‘ng bo‘lma esa dastlabki yuvish uchun.

A

1.

Dastlabki yuvish bo‘lmasi: Kir yuvish vositasi yoki

kraxmal ishlating.

2.

Asosiy yuvish bo‘lmasi: Asosiy yuvish vositasi, suvni

yumshatkich, ivitish vositasi, oqartirgich va/yoki dog‘
ketkazgich ishlating.

3.

Yumshatkich bo‘lmasi: Mato yumshatkich kabi

qo‘shimchalar ishlating. Maks (A) chizig‘idan oshirib
yubormang.

DIQQAT

• Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtida, kir yuvish vositalari uchun tortmani ochmang.
• Quyidagi turdagi kir yuvish vositalaridan foydalanmang:

- Tabletkali yoki kapsulali turdagi
- Sharcha yoki to‘rsimon turdagi

• Bo‘lma to‘silib qolmasligi uchun quyultirilgan yoki yuqori to‘yintirilgan vositalarni (gazlama yumshatkichi yoki kir yuvish

vositasini) qo‘llashdan oldin ularga suv qo‘shish lozim.

Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tanlanganida kir yuvish vositasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri barabanga solmang. Aks holda

kirning rangi o‘chishi mumkin. Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tanlanganida yuvish vositasi tortmasini ishlating.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 27

6/22/2016 7:42:23 PM

Advertising