Ogohlantirish – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 173

Advertising
background image

O'zbek 5

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan.
Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.
Ushbu qo'llanmani o'qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirish uchun
uni ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.

Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina
bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga
amal qiling.

Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar

OGOHLANTIRISH

Yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

1. Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan

ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu
qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli
bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.

2. Yevropada foydalanish uchun: Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy,

sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yo'riq yoki ko'rsatma
berilgan taqdirda va uning xavfini tushingan holda foydalanishi mumkin. Bolalar ushbu
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan
nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.

3. Bolalar jihoz bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.

4. Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab

chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi
kerak.

5. Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to‘plamini ishlating, eski shlanglar to'plamini

qayta ishlatmang.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 5

6/22/2016 7:42:15 PM

Advertising