Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 172

Advertising
background image

O'zbek

4

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada kir yuvish mashinangizni
o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish
mashinangizning ko'pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to'liq darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.

Texnika xavfsizligi ko'rsatmalari to'g'risida muhim ma'lumotlar

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo'llanmani diqqat bulan o'qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo'lishi
mumkin bo' lgan ma'lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo'llanmani mashinaga yaqin bo'lgan xavfsiz
joyda saqlang. Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina
foydalaning.
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda siz sog'lom
fikr bilan ish ko'rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta'minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo' lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi
belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, sizga
eng yaqin bo' lgan xizmat ko' rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar
yoki ma'lumotlar toping.

Muhim xavfsizlik belgilari

Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma'nolarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat olish, o'lim va/yoki mulklarning
zararlanishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/yoki mulklarning zararlanishiga olib
kelishi mumkin.

IZOH

Jarohat olish yoki moddiy zarar yetishi xatarini ko'rsatadi.

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 4

6/22/2016 7:42:15 PM

Advertising