Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar – Инструкция по эксплуатации Samsung WW90J6410CW

Страница 174

Advertising
background image

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

O'zbek

6

Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

6. Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni

to'sib qo'ymasligi kerak.

7. Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik bolalarni

yaqinlashtirmang.

8. DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning

oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurilmasi orqali elektr toki
bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib-
yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

O'rnatishga oid muhim ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Ushbu qurilmani o'rnatish malakali texnik yoki xizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar

yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og'ir, shuning uchun uni ko'targanda ehtiyot bo'ling.

Vilkani mahalliy elektr normativlariga mos keladigan rozetkaga tiqing. Bu qurilma uchun alohida rozetka ajrating,
uzaytirgichdan foydalanmang.
• Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda, rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki yong'inga olib

kelishi mumkin.

• Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko'rsatilganlari bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil

qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi
rozetkaga mahkam tiqilgan bo'lishi kerak.

Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
• Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.
• Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga teskari yo'nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar

shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash materiallari ular uchun
xavfli bo'lishi mumkin.
• Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

WW6000J-03580U-00_UZ.indd 6

6/22/2016 7:42:15 PM

Advertising