Инструкция по эксплуатации Samsung MG23H3115NK

Страница 147

Advertising
background image

O'zbekcha - 21

04

PECHDAN FOYDALANISH

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-9

Ruscha eski

usuldagi baliq

(1) To'rg'algan lavlagi - 30 g, qirilgan sabzi - 30 g, to'rg'algan piyoz - 15 g,

baliq/tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 200 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 10 g, tomat pastasi - 10 g, smetana - 30 g,

suv - 50 ml

(3) Karp yoki sudak filesi - 150 g, dafna bargi - 1 dona
Barcha massaliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon

qo'shing. (1) Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sous

uchun bulon, sabzavotlar va bulonni aralashtiring (2). Baliq va dafna bargini

qo'shing (3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-10

Moskvacha baliq

(1) Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g, o'simlik yog'i - 5 g

(2) Smetana - 30 g (2 x 15 g)

(3) Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari - 2 dona (60-70 g/dona), tuz

- 5 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, qirilgan pihsloq - 25 g

Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik yog'idan

quying (1). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana

porsiyasining yarmini sopol tarelkaga soling (markaziga) (2). Shu smetanaga

qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing.

Baliq atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloqni o'yib chiqing

(3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-11

Muzlatilgan

pitstsa

Muzlatilgan pitstsa – 350 g
Muzlatilgan pitstsani mumlangan qog'oz bilan qoplangan gril uchun taglikka

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

4. Bayram taomlari

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

4-1

Go'sht bilan

qiymalangan

bulg'or qalampiri

(1) Bulg'or qalampiri - 80 grammga 2 dona, go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa

go'shti) - 150-190 g (ikki qismga bo'ling), oddiy qaynatilgan guruch - 10-20 g,

tuz - 5 g, yanchilgan murch - 0,5 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki

suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 200 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 20 g, suv - 50 ml
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring.

Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni go'sht bilan to'ldiring.

Uni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing (1). Tayyorlashni boshlang.

Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal berganida

aralashmani qiymalangan qalampirli bulonga quying. Do'lmani aylantiring va

tayyorlash jarayonini davom ettiring.

4-2

Baliqli rasstegay

(1) Muzlatilgan qatlamlangan xamir (2 ta to'rtburchak shakl) - ¼ kvadrat

(2) Masalliq: Mayda kubikchalarga to'rg'algan sudak biqin go'shti - 25 g,

kubikchalarga to'rg'algan shampinonlar - 6 g, oddiy qaynatilgan guruch - 4 g,

yog'lash uchun tuxum sarig'i - ¼ dona

Xamirni muzdan tushiring. Xamirning bir qismini kerakli o'lchamlarda kesing (1).

Masalliq uchun barcha tarkibiy qismlarni aralashtiring (2). Masalliqni bir bo'lak

xamir markaziga qo'ying. Mahsulotga qayiq shaklini bering. Tuxum sarig'i bilan

yog'lang. Tarelkaga joylashtiring. Qizartiruvchi idishni quyi taglikka qo'ying.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida mahsulotni tarelkadan oling

va mumlangan qog'ozga qo'ying. Mumlangan qog'oz bilan birga mahsulotni gril

uchun taglikka joylashtiring. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.

4-3

Pishloqli

suxarilar

Pishloq - 125 g (har biri 25 gramm uchun 4-5 dona), tuxum - 0,5 dona, bulash

uchun suxari uni - 3-5 g
Pishloqni 5 x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga kesing.

Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping. Avval

pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan qog'ozga joylashtiring.

Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.

4-4

Tovuqdan

tayyorlangan

kabob

Tovuq okorochkalari go'shti - 380 g, tomat pastasi - 20 g, tuz - 5 g, mayda

to'rg'algan sarimsoqpiyoz - 3 g, o'simlik yog'i - 7 g, oddiy yogurt - 70 g, sixlar.

Marinad uchun: pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon po'sti
Go'shtni 3 sm x 3 sm o'lchamlardagi kubiklar shaklida to'rg'ang. Marinad uchun

blenderdan chiqarilgan pomidor, zaytun moyi, tuz, qalampir, limon po'stini

aralashtiring. Marinadni tovuq go'shti bilan aralashtiring. Go'shtni 1 soat tuzli

suvga soling. Tovuq go'shti bo'laklarini yog'och sixlarga o'tkazing.

Ularni tarelkaga soling va keyin yuqori taglikka joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

(davomi)

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-00_UZ.indd 21

2014-01-07 �� 7:19:38

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: