Инструкция по эксплуатации Samsung MG23H3115NK

Страница 145

Advertising
background image

O'zbekcha - 19

04

PECHDAN FOYDALANISH

2. Tushlik

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

2-1

Borsh

(1) Qirilgan lavlagi - 50 g, to'rg'algan karam - 20 g, qirilgan sabzi - 15 g,

to'rg'algan piyoz - 10 g, tomat pastasi - 15 g, shakar - 5 g

(2) Mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 650 ml, dafna bargi - 1 dona

Rus uksusi 9% - 5 ml ta'bingizga ko'ra. Dasturxonga tortish uchun

sarimsoqpiyoz, ko'katlar va smetana
Barcha (1) masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq bulon qo'shing va

tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida dafna bargini qo'shing.

Yaxshilab aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

2-2

Shchi karam

sho'rvasi

(1) To'rg'algan karam - 45 g, qirilgan sabzi - 15 g, to'rg'algan piyoz - 10 g,

tilimlangan kartoshka - 25 g, tomat pastasi - 10 g, mol go'shtidan

tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 400 ml

(2) Mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 100 ml, dafna bargi - 1 dona Dasturxonga tortish uchun

ko'katlar

Barcha (1) masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq bulon qo'shing.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida jomdagilarni yaxshilab

aralashtiring, bulon va dafna bargini qo'shing (2). Va tayyorlash jarayonini

davom ettiring.

2-3

Go'shtli solyanka

(1) To'rg'algan piyoz - 45 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 350 ml

(2) Kavar - 7 g, qirilgan muzlangan bodring - 50 g, tomat pastasi -

30 g, zaytun - 16 g, zaytun suyuqligi - 20 g, dafna bargi - 1 dona,

go'shtli assorti - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 350 ml

Piyozni katta jomga soling, qaynayotgan (1) bulonni qo'shing. Tayyorlashni

boshlang. Pech tovushli signal berganida boshqa masalliqlarni (2) qo'shing.

Barchasini yaxshilab aralashtiring, bulon, dafna bargi qo'shing va tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

2-4

Sabzavotli

sho'rva

Muzlatilgan sabzavotlar - 150 g, sabzavotli bulon yoki suvga aralashtirilgan

bulon kubikchasi - 300 ml. Dasturxonga tortish uchun ko'katlar
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing.

Tayyorlashni boshlang.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

2-5

Tovuqli ugra

Vermishel - 15 g, tovuq filesi - 50 g, qirilgan sabzi - 15 g, to'rg'algan piyoz -

10 g, tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 440 ml. Dasturxonga tortish uchun ko'katlar
Vermishelni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Fileni mayda

bo'laklarga kesing va boshqa masalliqlarni qo'shing. Yaxshilab aralashtiring

va tayyorlashni boshlang.

2-6

Kotletlar

(1) Oq non - 10 g, sut - 15 ml

(2) Mol yoki cho'chqa go'shtidan tayyorlangan qiyma - 120 g, tuz - 2 g,

murch - 1 g

(3) Bulash uchun suxari uni - 5 g
Nonga sut (1) quying. Qiyma bilan yaxshilab aralashtiring. (2) ziravorlarni

qo'shing. Ikkita kotlet yasang va maydalangan suxari (3) seping. Uni yuqori

taglikdagi idishga joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

2-7

Qovurilgan losos

steyki

Suyaklari va terisi bo'lgan losos steyki - 200-250 g, tuz - 1 g, limon - 15 g

(sharbat), o'simlik moyi - 5 g
Losos steykiga ziravorilarni seping va yog' bilan yog'lang. Tarelkaga

joylashtiring. Idishni quyi taglikka joylashtiring va tayyorlashni boshlang.

2-8

Xantal sousi

qo'shilgan

cho'chqa bo'yni

(1) Cho'chqa bo'yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g, to'rg'algan piyoz - 20 g,

tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 100 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali - 20 g, smetana - 30 g,

suv - 50 ml

Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq

bulonini qo'shing. (1) Idishga quying. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni

boshlang.

Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal

berganida aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring va tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

2-9

Chuchvara

Muzlatilgan chuchvara - 15 dona (10-12 g/dona), tovuq go'shtidan

tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 400 ml,

murch-no'xot - 3-5 dona, dafna bargi - 1 dona.
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq bulon qo'shing.

Ichi chuqur plastik qopqoq bilan yoping. Tayyorlashni boshlang.

2-10

Quruq mevalardan

tayyorlangan

kompot

Turshak - 25 g, olxo'ri qoqi - 20 g, olma qoqi - 15 g, shakar - 10 g, limon

kislotasi - 2 chimdim, qaynagan suv - 600 ml
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq suv qo'shing. Tayyorlashni

boshlang.

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-00_UZ.indd 19

2014-01-07 �� 7:19:37

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: