Инструкция по эксплуатации Samsung MG23H3115NK

Страница 144

Advertising
background image

O'zbekcha - 18

1. Nonushta

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

1-1

Suli yormasi

Quruq rus suli yormasi (Gerkules) - 50 g, shakar - 5 g, tuz - 0,5 g,

qaynatilgan suv - 200 ml, sovuq sut - 150 ml
Yormani katta chuqur tarelkaga soling, shakar va tuz qo'shing. Qaynagan

suv, sut qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

1-2

Grechixa bo'tqasi

Grechixa bo'tqasi - 100 g, tuz - 2 g, qaynagan suv - 300 ml
Grechixa bo'tqasini chuqur kosaga seping va tuz qo'shing. Qaynagan suv

qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

1-3

Pishloqli tostlar

Tost uchun non - 2 bo'lak (26-28 g/bo'lak), pishloq - 2 bo'lak (20 g/bo'lak)
Ikkita tostni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli

signal berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq bo'laklarini

qo'ying. Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

1-4

Tuxum-pashot

Tuxum - 1 dona, suv - 150 ml, sirka 9% - 10-15 ml
Suvli va sirkali kosani mikroto'lqinli pechga joylashtiring. Suvni qaynash

darajasigacha olib boring. Tovushli signaldan ekyin suvli va sirkali kosani

pechdan oling. Vilka bilan suvni markazida voronka paydo bo'ladigan

tarzda aralashtirgan holda unga po'sti archilgan tuxumni soling. Tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

1-5

Konservalangan

losos va qaynoq

mayonezli non

Non - 2 bo'lak (22 g/bo'lak), konservalangan losos - 60 g (30 g/bo'lak),

mayonez - 36 g (18 g/bo'lak), ko'k piyoz (maydalangan) – 2-5 g
Ikki bo'lak nonni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech

tovushli signal berganida tostlarni oling. Va ularning ustiga konservalangan

losos va mayonezni qo'ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring. Ustidan

maydalangan piyoz bilan bezang.

1-6

Konservalangan

no'xotli

sosiskalar

Sosiskalar - 2 dona (50 g/dona), yog' - 5 g, konservalangan no'xot - 135 g

(suyuqliksiz)
Sanchigan sosiskalarni plastik qopqoqsiz tarelkaga qo'ying va sariyog'

qo'shing. Yog' ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

1-7

Quymoq

Tuxum - 3 dona, sut - 30 ml, tuz - 2 g
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga

quying. Tayyorlashni boshlang.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

1-8

Tvorogli somsa

Tvorog - 90~100 g, un - 10 g, shakar (xushbo'y vanilinli) - 10 g, tuz - 0,5 g,

tuxum - ¼ dona, yog' - 5~10 g (yog'lash uchun), un - 30 g
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli

somsa yasang.

Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan qog'ozga

joylashtiring va keyin yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech

tovushli signal berganida tvorogli somsalarni ag'daring va tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

1-9

Keks

Shakar - 45 g, vanilin xushbo'yli shakar - 5 g, yog' - 40 g, tuxum - 0,5 dona,

sut - 30 ml, pishirish sodasi - 3 g, un - 100 g
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing.

Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.

Uni jomdan olishdan avval sovushini kuting.

1-10

Limonli qumloq

pechenye

Un - 100 g, sariyog' - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig'i - 0,5 dona, iliq

suv - 1 choy qoshiq, limon po'stlog'i, shakar-qiyom uchun: Tuxum sarig'i -

1 dona, shakar kukuni - 3~5 g
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang.

Ularni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum

sarig'i bilan tepasidan yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash

jarayonini davom ettiring. Sovushini kuting.

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-00_UZ.indd 18

2014-01-07 �� 7:19:37

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: