Инструкция по эксплуатации Samsung MG23H3115NK

Страница 146

Advertising
background image

O'zbekcha - 20

3. Kechki ovqat

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-1

Qotirilgan tuxum

qo'shilgan

go'shtli rulet

Go'shtli qiyma (mol yoki cho'chqa go'shti) - 150 g, qotirilgan holda

qaynatilgan tuxum - 1 dona, tuz - 2 g, murch-no'xot - 0,5 g
Ziravorlarni qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring. Qiymani aylana qilib

yoying. Aylana markaziga tuxumni qo'ying. Tuxumni hamma tomonidan

qiyma bilan yoping. Olingan mahsulotga yoysimon shakl bering. Tarelkaga

joylashtiring. Qizartiruvchi idishni aylanuvchi taglikka qo'ying. Tayyorlashni

boshlang.

3-2

Karam do'lmalar

(1) Do'lma

(a) Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) - 120 g, qaynatib pishirilgan

guruch - 25 g, maydalangan karam - 25 g, tuz - 1-2 g, qalampir-no'xot

- 0,5 g

(b) To'rg'algan piyoz - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 10 g, smetana - 30 g,

suv - 50 ml

Sabzavotlar va ziravorlarni go'shtga qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring

(a). Ikkita oval shaklini yasang. Piyozni chuqur tarelkaga soling.

Ustidan do'lmalarni qo'ying va bulonni qo'shing (b). Tarelkani baland taglikka

qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang

(2). Pech tovushli signal berganida aralashmani do'lmali bulonga quying.

Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-3

Tomatli sousdagi

go'shtli bitkilar

(1) Go'shtli bitkilar

(2) Oq non - 30 g, sut - 35 ml, Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) -

130 g, tuz - 1-2 g, murch-no'xot - 0,5 g

(3) To'rg'algan - 15 g, to'rg'algan sabzi - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan

bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml

(4) Sous uchun aralashma:

Un - 5 g, tomat pastasi - 20 g, suv - 75 ml

Nonni sutga soling. Olingan qiymani qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda

yaxshilab aralashtiring (2). Ikkita sharcha yasang.

Piyoz va sabzini chuqur tarelkaga soling (3). Unga go'shtli sharchalarni

qo'ying va bulonni qo'shing. Tarelkani baland taglikka qo'ying. Tayyorlashni

boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (4). Pech tovushli

signal berganida aralashmani go'shtli bitkilar bo'lgan bulonga quying.

Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

3-4

Olxo'ri

qoqili tovuq

oyoqchalari

Mayda to'rg'algan piyoz - 15 g, mayda to'rg'algan sabzi - 20 g, tovuq

oyoqchalari - 2 dona (160 g dan 180 g gacha), qora olxo'ri - 5-7 dona (50 g),

tovuq buloni yoki quruq konsentratli suv - 150 ml
Piyoz va sabzini ichi chuqir tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini

qo'ying, qora olxo'ri va bulon qo'shing. Tarelkani mikroto'lqinli pechga

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida

oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-5

Sabzavotlar bilan

birga qaynatilgan

kurka go'shti

Kurka biqin go'shti - 150 g, to'rg'algan tsukkini - 50 g, to'rg'algan piyoz

- 15 g, to'rg'algan sabzi - 20 g, tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki

suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml
Barcha massaliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon

qo'shing.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida biqin go'shtlarini

ag'daring, sabzavotlarni aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

3-6

Pishirilgan

kartoshkalar

Yirik kartoshka (160 - 200 g) - 1-2 dona
Kartoshkalarni arting, suvsiz chuqur bo'lmagan idishga joylashtiring va

taomlar uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping. Uni mikroto'lqinli pechga

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Dasturxonga tortishdan avval sariyog',

smetana, pishloq yoki ta'bga ko'ra boshqa ziravorlar qo'shing.

3-7

Ratatuy

Kubiklar shaklida to'rg'algan tsukkini - 100 g, kubiklar shaklida to'rg'algan

sabzi - 60 g, kubiklar shaklida to'rg'algan bulg'or qalampiri - 75 g, kubiklar

shaklida to'rg'algan piyoz - 45 g, mayda to'rg'algan sarimsoqpiyoz - 6 g,

tomat pastasi - 10 g, mayoran yoki rayhon - ta'mga ko'ra, sabzavotlardan

tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 150 ml
Barcha massaliqlarni chuqur tarelkaga soling.

(Mayoran yoki rayhon qo'shing). Yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

3-8

Grechixa pudingi

(а) Tvorog 9% - 120-140 g, shakar - 10-15 g, tuz - 0,5 g, tuxum - 0,5 dona,

qaynatilgan grechixa yormasi - 140 g

(b) Yog' - 5 g, bulash uchun suxari uni - 1-2 g

(c) Smetana - 30 g
Barcha massaliqlarni aralashtiring (a). Sariyog' surtilgan va qoplangan non

burdalarini ichi chuqur jomga joylashtiring (b). Tepasiga smetana surting (c).

Tayyorlashni boshlang.

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-00_UZ.indd 20

2014-01-07 �� 7:19:38

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: