Инструкция по эксплуатации Samsung MG23H3115NK

Страница 141

Advertising
background image

O'zbekcha - 15

04

PECHDAN FOYDALANISH

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Keyin eshikchani

yoping.

1. СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.

Natija:

800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati)

ko'rsatkichlari namoyish qilinadi:

2. Doiraviy shkalani tegishli quvvat darajasi namoyish

qilingunicha burang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu

vaqtda Doiraviy shkalani bosing.

3. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlash vaqtini

o'rnating.

Natija:

Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.

4. СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.

Natija:

Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana

boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi, tayyorlash

jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta

tovushli signal beradi.

2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini

eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa

intervali bilan) beriladi.

3) Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.

Agar siz taomni qisqa vaqt ichida eng yuqori quvvat darajasida (800 Vt) isitmoqchi

bo'lsangiz, shunchaki tayyorlash vaqtining har 30 soniyasi uchun СТАРТ/+30сек

(START/+30son) tugmasini bosing. Pech darhol ishga tushadi.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektr quvvati berilganda

displeyda vaqtning ":0", "88:88" yoki "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi.

Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi

mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:

• Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
• Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni

unutmang.

1. Doiraviy shkalani bosing.

Vaqt...
24 soatli formatda.
12 soatli formatda.

2. Vaqtni namoyish qilish turini tanlash uchun Doiraviy

shkalani burang. (24S yoki 12S). Shu vaqtda vaqt turini

tanlash uchun Doiraviy shkalani bosing.

3. Soatni o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang. Soatni

o'rnatish uchun shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing.

4. Daqiqani o'rnatish uchun Doiraviy shkalani burang.

5. O'rnatishni tugallash uchun Doiraviy shkalani bosing.

MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-00_UZ.indd 15

2014-01-07 �� 7:19:35

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: