Инструкция по эксплуатации Samsung ME83DR-1WX

Страница 94

Advertising
background image

O'zbekcha-10

• Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi

uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan

xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga

tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar

bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki

www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.

• Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma

faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan

hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in

chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri

foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga

olmaydi.

• Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi

va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot

va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi,

naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa

maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz

buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning

salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan

elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va

moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun

ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun

ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar

olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy

hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan

bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak.

Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy

chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING

EHTIMOIY TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR

CHORALARI. (FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga

zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.

(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga

urinmang, blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki

blokirovka qiluvchi kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.

(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG,

zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari

to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va

uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan

artgan holda, tozalikda saqlang.

(c) Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli

buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha

undan FOYDALANMANG. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar

shikastlanmagani juda muhim:
(1) Eshikcha (qiyshaymagan)
(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar

(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan

o'tgan mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis

tomonidan bajarilishi kerak.

Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz

tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni

tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan

elementlarga quyidagilar kiradi:

(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
• Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish

uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi

ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi

mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani

o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi

sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.

ME83DR-1W_BWT_DE68-04225A-01_UZ.indd 10

2013-11-28 �� 8:48:42

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: