Инструкция по эксплуатации Samsung ME83DR-1WX
Страница 93
O'zbekcha-9
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida
spirt bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot
bo'ling, chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib
ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini
eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib
olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning
uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar
bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak;
Bunday holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga
imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO
kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni
aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.
Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish
bo'yicha quyidagi harakatlarni bajaring:
• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib
turing.
• Unga toza quruq lattani bog'lang.
• Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan
foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki
kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar
kabilardan FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan
foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib
ketishi yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga
yo'l qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq
joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli
pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni
tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab
ketishlari mumkin; Shuningdek, germetik yopilgan butilka,
banka, konteynerlar, butun yong'oq, pomidor kabilarni isitish
mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib
qo'ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo
ta'sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi
va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada
sovuginicha o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan
olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va
kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin
kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning
oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish
kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash
maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda
mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni
joylashtirish tavsiya qilinadi.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda
pechni or'nating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga
qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga
ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
ME83DR-1W_BWT_DE68-04225A-01_UZ.indd 9
2013-11-28 �� 8:48:41