Инструкция по эксплуатации Samsung ME83DR-1WX

Страница 104

Advertising
background image

O'zbekcha-20

Kod

Taom

Porsiya hajmi

Masalliqlar

2

Go'sht bilan

qiymalangan

bulg'or

qalampiri

480-500 g

2 dona

(1) Bulg'or qalampiri - 2 dona (80 g/dona),

go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) -

150-190 g (ikki qismga bo'ling),

oddiy qaynatilgan guruch - 10-20 g,

tuz - 5 g, yanchilgan murch - 0,5 g,

mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 200 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g,

tomat pastasi - 10 g, suv - 50 ml

< Tavsiyalar >

Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring.

Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni go'sht bilan to'ldiring. Uni

ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing (1). Tayyorlashni boshlang. Sous

uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal berganida aralashmani

qiymalangan qalampirli bulonga quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini

davom ettiring.

3

Sabzavotlar

bilan

pishirilgan

forel

210-240 g

Yog' - 10 g (2 x 5 g), to'rg'algan sabzi - 35 g,

to'rg'algan piyoz - 25 g, mayda kesilgan

sarimsoqpiyoz - 3 g, maydalangan selderey

barglari - 5 g, forel - 1 dona (220-250 g), tuz - 1 g,

yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, sariyog' - 5 g

< Tavsiyalar >

Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz,

sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan forelni

qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan yoping. Uni

mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.

4

Dudlangan

losos steyki

150-170 g

Suyaklari va terisi bo'lgan losos steyki - 200-250 g,

tuz - 1 g, limon - 15 g (siqilgan sharbat), suv - 20 g

< Tavsiyalar >

Losos steykiga ziravorilarni seping. Uni idishga qo'ying va suv qo'shing. Uni

mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.

Kod

Taom

Porsiya hajmi

Masalliqlar

5

Azu

250 g

(1) Mayda to'rg'algan cho'chqa bo'yni - 170 g,

mayda to'rg'algan piyoz - 20 g,

tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki

suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 100 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g,

tomat pastasi - 15 g, suv - 50 ml,

qirilgan tuzlangan bodring - 30 g

< Tavsiyalar >

Go'sht va piyozni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing (1). Tayyorlashni

boshlang. Pech tovushli signal berishi bilan ag'daring, sous (2), sabzavotlar, bulon va

go'shtni aralashtiring. Aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

6

Pomidor

va pishloqli

sudak

150 g

Sudak filesi - 80-100 g (yoki karp),

mayonez - 10 g, tuz - 1 g, dumaloq kesilgan

pomidor - 50 g, maydalangan pishloq - 20 g

< Tavsiyalar >

Baliq filesiga mayonez surting, unga tuz seping. Pomidorni ustiga qo'yish uchun

tish tozalagichdan foydalaning. Ustiga pishloqni qo'ying. Uni idishga qo'ying va

tayyorlashni boshlang. Tish tozalagichni olib tashlang.

7

Klyukvali

mors

200 ml

Muzlatilgan klyukva - 40 g, shakar - 30 g,

suv - 200 ml

< Tavsiyalar >

Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni katta jomga

soling. Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o'tkazing.

8

Pechenye

160 g

(2 x 80 g)

Un - 85 g, shakar kukuni - 25 g, yog' - 50 g,

tuxum - 0,5 dona, tuz - 1 g

< Tavsiyalar >

Un, shakar kukuni va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum qo'shing.

Yaxshilab aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga bo'ling.

Ularni mumlangan qog'oz bilan qoplangan aylanuvchi patnisga qo'ying. Tayyorlashni

boshlang.

ME83DR-1W_BWT_DE68-04225A-01_UZ.indd 20

2013-11-28 �� 8:48:47

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: