Mikroto’lqinli pechni tozalash – Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR
Страница 126
O'ZBEKCHA
30
MAXSUS MASLAHATLAR
SARIYOG’NI ERITISH
50 g sariyog’ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Plastmassa
qopqoq bilan yoping. Yog’ erigunicha 750 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. Shokolad
erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 daqiqa qizdiring. Eritish vaqtida bir yoki ikki
marta aralashtiring. Qalin qo’lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH
20 g shakar bosilgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Jelatindan suvni
to'kib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PIROGLAR UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 g sovuq suv
bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan
qiyom shaffof rangga kirgunicha 750 Vt quvvatdan foydalanib, 3,5 daqiqadan
4,5 daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan
qilingan qopqoqli kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar
qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 750 Vt quvvatda
10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring.
Burama qopqoqli jem uchun mo’ljallangan kichkina bankachalarga soling.
Bankachalarni 5 daqiqa qopqog’ini pastga qilgan holda qo’ying.
PUDING TAYYORLASH
Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi
ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo’shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli
issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan
holda 750 Vt quvvatda 6,5 daqiqadan 7,5 daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO’LAKCHALARINI QIZARTIRISH
30 g bodom bo’lakchalarini o’rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam
qilib yoying. 600 Vt quvvatda 3,5 daqiqadan 4,5 daqiqagacha tayyorlang,
tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa
qoldiring. Qalin qo’lqopdan foydalangan holda oling!
MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat zarrachalari to’planishining oldini
olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich
yopilishini nazorat qiling.
Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda
xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan
tozalang. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.
2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli
suvda ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq
qilib arting.
3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun
limon sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying
va o’n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga YO’L QO’YMANG.
HECH QACHON abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan
foydalanmang. Eshik zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:
• ularda to’planib qolmasligiga;
• va eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor
qarating.
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish
vositasi eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini
olish uchun avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.
GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 30
2013-11-28 �� 8:32:15