Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR
Страница 109
O'ZBEKCHA
13
RUS TAOMLARINI AVTOMATIK TAYYORLASH
FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Rus taomlarini avtomatik tayyorlash funksiyasidan foydalanilganda tayyorlash
vaqti avtomatik o’rnatiladi.
Kerakli miqdordagi porsiyalarni tanlash uchun rus taomlarini avtomatik tayyorlash
tugmachasini kerakli marta bosish kerak.
Avval taomni aylanuvchi patnisga joylashtiring va eshikchani yoping.
1. Автоматическое приготовление русских
блюд (Rus taomlarini avtomatik tayyorlash)
tugmachasini kerakli marta bosing.
2. СТАРТ (START) ( ) tugmachasini bosing.
Natija:
Tayyorlash yakunlangandan keyin:
1) Pech to’rt marta tovushli signal
beradi.
2) Tayyorlash jarayoni yakunlanganini
eslatuvchi tovushli signal 3 marta
beriladi.
(har daqiqada bir marta)
3) Keyin displey yana joriy vaqtni
ko’rsatadi.
Faqat mikroto’lqinli pechda qo’llash uchun xavfsiz bo’lgan idishlardan
foydalaning.
RUS TAOMLARINI AVTOMATIK TAYYORLASH
FUNKSIYASINI TEZKOR SOZLASH
Quyidagi jadvalda rus taomlarini avtomatik tayyorlashning 4 ta dasturi, miqdoriy
xususiyatlari, kutish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
1. NONUSHTA
Kod
Taom
Porsiya miqdori
Masalliqlar
1
Suli bo’tqasi
260 g
"Gerkules" suli yormasi – 50 g, shakar – 5 g, tuz – 0,5 g,
qaynatilgan suv – 200 ml, sovuq sut – 100 ml
< Tavsiyalar >
Yormani chuqur tarelkaga soling, shakar va tuz qo’shing. Qaynagan suv, sut qo’shing va yaxshilab
aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.
2
Grechixa
bo’tqasi
200 g
Grechixa yormasi – 100 g, tuz – 2 g, qaynagan suv –
250 ml
< Tavsiyalar >
Grechixa yormasini chuqur kosaga seping va tuz qo’shing. Qaynoq suv qo’shing va yaxshilab
aralashtiring. Chuqur qopqoq bilan yoping. Tayyorlashni boshlang.
3
Pishloqli tostlar
40-60 g
Tost uchun non – 2 bo’lak (26-28 g/bo’lak), pishloq – 2
bo’lak (20 g/bo’lak)
< Tavsiyalar >
Ikkita tostni gril uchun taglikka qo’ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganida tostlarni ag’daring va ularning ustiga pishloq bo’laklarini qo’ying.
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4
Tuxum-pashot
1 dona
Tuxum – 1 dona, suv – 150 ml, sirka 9 % - 10-15 ml
< Tavsiyalar >
Suvli va sirkali kosani mikroto’lqinli pechga joylashtiring. Suvni qaynash darajasigacha olib boring.
Tovushli signaldan keyin suvli va sirkali kosani pechdan oling. Vilka bilan suvni markazida voronka
paydo bo’ladigan tarzda aralashtirgan holda unga po’sti archilgan tuxumni soling. Tayyorlash
jarayonini davom ettiring.
GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 13
2013-11-28 �� 8:32:11