Taom tayyorlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR

Страница 119

Advertising
background image

O'ZBEKCHA

23

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish

mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi

yoki yorilishi mumkin.

• Shisha bankalar

Qopqog’ini olib qo’yish kerak. Faqat isitish uchun

yaroqli.

Metall

• Idishlar

Elektr yoyi yoki alangalanishni keltirib chiqarishi

mumkin.

• Paketlarni bog’lash

uchun buralgan simlar

Qog'oz

• Tarelkalar, stakanchalar,

salfetkalar va oshxona

qog’ozi

Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Ortiqcha

namlikni yutish uchun.

• Qayta ishlangan qog'oz

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik

• Konteynerlar

Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik

bo’lsa. Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat

ta’sirida qiyshayib qolishi, rangini yo’qotishi

mumkin. Melaminli plastikdan foydalanmang.

• Yopishqoq plyonka

Namlikni ushlab turish uchun qo’llanishi mumkin.

Taomga tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda

ehtiyot bo’ling, chunki tashqariga issiq bug’ chiqadi.

• Muzlatish uchun

paketlar

✓ ✗

Ularni qaynatish mumkin bo’lsa yoki ular pechda

ishlatish uchun yaroqli bo’lsa. Germetik yopilgan

bo’lmasligi kerak. Zarurat tug’ilganida, ularni vilka

bilan teshing.

Parafinlangan yoki yog’

o’tkazmaydigan qog’oz

Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish

uchun ishlatilishi mumkin.

: Tavsiya qilinadi

✓✗

: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning

: Xavfli

TAOM TAYYORLASH BO’YICHA QO’LLANMA

MIKROTO’LQINLAR

Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo’lgan suv, yog’ va shakarga tortilgan va

singgan holda deyarli taomning ichiga kiradi.

Mikroto’lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu

molekulalarning tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil

bo'lgan issiqlik esa taomni tayyorlaydi.

TAOM TAYYORLASH

Mikroto’lqinli pech uchun oshxona idishlari:

Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo’lishini

ta’minlash uchun mikroto’lqinlarga o’zlari orqali o’tishiga imkon berishlari kerak.

Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po’lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi,

biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda qog’oz va yog’ochlardan

o’ta oladilar. Shuning uchun tayyorlashda metall idishlardan foydalanish

taqiqlanadi.
Mikroto’lqinli pechda tayyorlash mumkin bo’lgan mahsulotlar:

Mikroto’lqinli pechda mahsulotlarning juda ko’p turlarini, jumladan yangi uzilgan

yoki muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli

mahsulotlar, baliq va go’sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto’lqinli pechda

yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho’rvalar, bug'li pudinglar, konservalar,

ziravorlarni ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida

tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin.

Masalan, yog’ yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan

bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish

Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo’yish juda muhim, chunki

bug’lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o’z hissasini qo’shuvchi bug’ga

aylanadi. Taomni yopib qo’yishning turli usullaridan foydalanish mumkin:

masalan, sopol tarelka, plastmassa qopqoq yoki mos yopishqoq plyonkadan

foydalanish mumkin.
Ushlab turish vaqti

Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo’yicha

haroratning tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.

GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 23

2013-11-28 �� 8:32:14

Advertising