Инструкция по эксплуатации Samsung GE73AR

Страница 116

Advertising
background image

O'ZBEKCHA

20

GRIL REJIMIDA TAYYORLASH

Gril mikroto’lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga

imkon beradi. Ushbu rejimda tayyorlashning qulay bo’lishi uchun pech

majmuasiga metall panjara ham kiradi.

1. Гриль (Gril) tugmachasini bosgan, (10МИН

(10daq), 1МИН (1daq) va 10СЕК (10son))

vaqtni tanlagan va СТАРТ (START) tugmasini

bosgan holda grilni avvaldan talab qilingan

darajagacha qizdiring.

2. Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga

qo’ying.

3. Taomni pech panjarasiga joylashtiring.

Гриль (Gril) tugmasini bosing. 10МИН (10daq),

1МИН (1daq) va 10СЕК (10son) tugmachalarini

bosgan holda tayyorlash vaqtini bering. (Gril rejimida

eng ko’p darajadagi tayyorlash vaqti 60 daqiqani

tashkil qiladi).

4. СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

Pechkada chiroq yonadi va patnis

aylana boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi,

tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to’rt marta

tovushli signal beradi.

2) Taom tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi

tovushli signal 3 marta (bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Tayyorlash jarayonida qizdirish elementi o’chsa va yana yonsa, xavotir

olmang. Ushbu tizimning tuzilishi ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.

Pechdagi oshxona anjomlariga tegayotganda DOIMO qalin

qo’lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo’ladi.

MIKROTO’LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA

FOYDALANISH

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto’lqinlar va

grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto’lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish

uchun xavfsiz bo’lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol

idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto’lqinlarning taomga bir tekis

kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning,

chunki ular juda issiq bo’ladi.

1. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta

tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.

Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga

joylashtiring. Eshikchani yoping.

2. Комбинированный (Birgalikda) tugmachasini

bosing.

Natija:

displeyda quyidagi ma’lumotlar

namoyish qilinadi:
Комбинированный режим (Birgalikdagi rejim)

(mikroto’lqinlar va gril rejimi)

600 Vt

(elektr ta’minoti yo’q)

Chiquvchi quvvatning tegishli qiymati namoyish qilinmagunicha Комбинированный

(Birgalikda foydalanish rejimi) tugmachasini bosgan holda tegishli quvvat darajasini tanlang.
Siz gril haroratini bera olmaysiz.

3. 10МИН (10daq), 1МИН (1daq) va 10СЕК (10son)

tugmachalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini

bering. Tayyorlashning eng ko’p darajadagi vaqti

60 daqiqa.

4. СТАРТ (START) (

) tugmachasini bosing.

Natija:

Birgalikdagi rejimda tayyorlash boshlanadi.

Tayyorlash yakunlangandan keyin:

1) Pech to’rt marta tovushli signal beradi.

2) Taom tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal 3 marta

(bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Mikroto’lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi mikroto’lqinning eng yuqori quvvat

darajasi 600 Vt.

GE73AR_BWT_DE68-04050A-04_UZ.indd 20

2013-11-28 �� 8:32:13

Advertising