Mikroto’lqinli pechni tozalash, Texnik xarakteristikalari – Инструкция по эксплуатации Samsung ME83XR

Страница 79

Advertising
background image

19

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto’lqinli pechingizda yog’li kirlar va ovqat zarrachalari to’planishining

oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak.

• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik

DOIMO eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich

yopilishini nazorat qiling.

Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi

mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda

xavfli holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

1. Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan

tozalang. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq qilib arting.

2. Ichki yuzalar va rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog’larni sovunli

suvda ho’llangan latta bilan arting. Sovunli suvni yuvib tashlang va quruq

qilib arting.

3. Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo’q qilish uchun

limon sharbatiga suv qo’shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo’ying

va o’n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4. Tarelkani zaruratga qarab idish yuvadigan mashinada yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga YO’L QO’YMANG. HECH

QACHON abraziv materiallar va kimyoviy erituvchilardan foydalanmang.

Eshik zichlagichlarini tozalashda ovqat zarrachalari:
• ularda to’planib qolmasligiga;
• va eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor

qarating.

TEXNIK XARAKTERISTIKALARI

SAMSUNG kompaniyasi o’z mahsulotlarini muntazam ravishda

takomillashtirib boradi. Qurilmaning texnik xarakteristikalari va mazkur

Yo’riqnoma oldindan xabardor qilinmasdan o’zgartirilishi mumkin.

Model

ME83XR

Elektr toki manbai

230 Vt ~ 50 Gts

Iste’mol qilinadigan quvvat

Mikroto’lqinli pech

1150 Vt

Ishlab chiqilayotgan quvvat

100 Vt, 800 Vt (IEC-705)

Ishchi chastotasi

2450 MGts

Magnetron

OM75S(31)

Sovutish metodi

Ventilyator dvigateli

O'lchamlari (K x B x Ch)

Tashqi
Pechning qizdirish kamerasi

489 x 275 x 338 mm
330 x 211 x 324 mm

Hajmi

23 litr

Og'irligi

Sof og'irligi

Taxminan 12 kg

ME83XR_BWT_DE68-04055A-04_UZ.indd 19

2013-11-28 �� 10:17:23

Advertising