Diqqat – Инструкция по эксплуатации Samsung ME83XR

Страница 67

Advertising
background image

7

O'ZBEKCHA

DIQQAT

Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning;

Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona

idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG.

O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.

Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi

mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling;
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan

foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki

buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Tutun payqagan hollarda qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash

kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun

eshikchani ochib qo'ying;
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom

qoldiqlarini olib tashlash lozim;
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l

qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib

bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham

mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin; Shuningdek,

germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun yong'oq, pomidor

kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang.

Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta'sirida yonib

ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o'chib qolishi

mumkin va u yetarli darajada sovuginicha o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda doimo

qo'lqoplardan foydalaning.
Pech sovutilmaguncha isitish elementlarini yoki pechning ichki devoriga

tegmang.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va kuchli

qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 20

soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini

olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.

Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida

mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o'chadi. Pech

tasodifan yoqilgan hollarda mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga

bir stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Mikroto'lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv

materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular

shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa oynada darzlar paydo bo'lishiga

olib kelishi mumkin.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda pechni

or'nating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga qarang)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda

ehtiyot choralariga amal qiling.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan

mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu

mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash

qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan

keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib

bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga

chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi

mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni

tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va

moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish

uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish

uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi

to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan

chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan

bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari

kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab

yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik

kerak.

ME83XR_BWT_DE68-04055A-04_UZ.indd 7

2013-11-28 �� 10:17:18

Advertising