Инструкция по эксплуатации Samsung ME83XR

Страница 68

Advertising
background image

8

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI O’RNATISH

Pechni poldan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o’rnating. Yuza

pechning og’irligini xavfsiz darajada ko’tarish uchun yetarlicha mustahkam

bo’lishi kerak.
1. Pechni o’rnatish chog’ida ventilyatsiya normal bo’lishi

uchun pech va boshqa predmetlar orasidagi masofa

pechning orqa va yon devorlari uchun kamida

10 sm, pechning ustki qopqog’i uchun –

20 sm bo’lishi kerak.

2. Pechning ichidagi barcha o’rama materiallarni

chiqarib oling.

Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o’rnating.

Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.

3. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

Agar ushbu jihozning tarmoq kabeli shikastlangan bo‘lsa, uni maxsus

kabelga yoki ishlab chiqaruvchi firma yoki texnik xizmatdan xarid qilinishi

mumkin bo‘lgan to‘plamga almashtirish zarur.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr kabeli vilkasini faqat 230 V,

50 Gts o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli

rozetkasiga ulang. Agar elektr tarmog'iga ulash kabeli shikastlangan

bo'lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish zarur.

Mikroto’lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona

plitasi yoki isitish radiatori yoniga o’rnatmang. Pech iste’mol qiladigan

quvvatni inobatga olish zarur, har qanday uzaytirgich pech bilan birga

yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi

kerak. Mikroto’lqinli pechni ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va

eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

VAQTNI BELGILASH

Ushbu mikroto’lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektr

tarmoqqa ulanganda displeyda avtomatik ravishda «12:00» yozuvi paydo

bo'ladi.

Joriy vaqtni o’rnating. Soat vaqtni 12 soatlik yoki 24 soatlik formatda

namoyish qilishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o’rnatish kerak bo’ladi.

• Mikroto’lqinli pechni ilk marta o’rnatayotganda
• O’zgaruvchan elektr toki tarmog’ida uzilishlar bo’lgandan keyin

Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o’tgan paytda va, aksincha bo’lganida,

soatni to’g’rilashni unutmang.

1. Vaqtni o'rnatish uchun

24 soatli formatda

12 soatli formatda

Часы (Soat) tugmachasini bir yoki ikki marta bosing

2. Soatni h, daqiqani min tugmasi bilan tanlang.

3. Displeyda to’g’ri vaqt namoyish qilinganda soatning

ishlay boshlashi uchun Часы (Soat) tugmachasini

bosing.

Natija:

Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda

joriy vaqt ko’rsatiladi.

Orqadan

10 sm

Yuqoridan

20 sm

Yon tomondan

10 sm

Poldan

85 sm

ME83XR_BWT_DE68-04055A-04_UZ.indd 8

2013-11-28 �� 10:17:19

Advertising