Инструкция по эксплуатации Samsung ME83XR

Страница 66

Advertising
background image

6

O'ZBEKCHA

OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar

foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Isitish elementlariga tegib ketmaslik

uchun ehtiyot bo'lish kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular

doimiy nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga

faqat bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri

foydalanish xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan

keyingina ruxsat bering.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun

javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida

ko'rsatmalar berilsa va ular yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni anglab

yetsalar, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy

qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar

ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan o'ynamasliklari

kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz

tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari

shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan

ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya qiluvchi

qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli

shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki urishini

oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Suyuqliklar va boshqa taomlar mahkam yopilgan

idishlarda isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar

issiq bo'ladi. Kuyishning oldini olish uchun yosh bolalardan uzoqroq

saqlash kerak.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish

sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning uchun

bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan muomala

qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday holatni oldini olish

uchun haroratning tenglashishiga imkon berish maqsadida pech

o'chganidan keyin DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan

hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO

aralashtiring.

Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha quyidagi

harakatlarni bajaring:

• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.

• Unga toza quruq lattani bog'lang.

• Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.

Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish elementlariga

tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari

uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda

kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib

ko'rish kerak;
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun

javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida

avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan

shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
Ushbu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan

tarzda to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan

holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish

mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak. Agar ishlaganda ushbu pech

g'alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr

manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat

ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Tozalash holatlari paytida yuzalar odatdagidan issiqroq bo'lishi mumkin

va bolalardan uzoqroq saqlash kerak. (Faqat tozalash funksiyasi modeli)
Oqib ketishning qoldig'i tozalashdan oldin olib tashlanishi kerak va

tozalash qo'llanmasida ta'lidlangan idishlarni tozalash paytida pechda

qoldirish mumkin. (Faqat tozalash funksiyasi modeli)
Qurilma o'rnatishdan keyin qurilmaning quvvatdan ajratilishiga imkon

berishi kerak. Vilkaga yetish yoki ulash qoidalariga asoslangan holda

statsionar prokladkadagi viklyuchatelni yoqish orqali uzilishga erishsa

bo'ladi. (Faqat o'rnatilgan model.)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning

oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti

yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

ME83XR_BWT_DE68-04055A-04_UZ.indd 6

2013-11-28 �� 10:17:16

Advertising