Kir yuvish mashinasining tashqi yuzasini tozalash, Kir yuvish mashinasining ichini tozalash, Kir yuvish vositalarining surma qutisini tozalash – Инструкция по эксплуатации Samsung WD1142XVR
Страница 164
O’zbek - 32
kir yuvish mashinasini tozalash
va texnik xizmat ko'rsatish
KIR YUVISH MASHINASINING TASHQI YUZASINI TOZALASH
Kir yuvish tugatilganidan soʼn g suv kranlarini berkiting.
Bu kir yuvish mashinangizga suv kelishini to'sadi va suv oqib ketishining oldini oladi. Kir yuvish
mashinasining ichini yaxshi quritish uchun uning eshigini ochiq qoldiring.
Barcha yuvish vositalari, oqartirgichlar va boshqa narsalarning oqib tushgan izlarini yumshoq mato bilan
arting.
Quyidagilarni tavsiya etilganidek tozalang:
Boshqaruv paneli - yumshoq, nam mato bilan tozalang. Abraziv (shiluvchi) poroshok yoki qattiq gupkalardan
foydalanmang. Tozalash vositasini bevosita panelga sepmang.
Shkaf - sovun va suv bilan tozalang.
KIR YUVISH MASHINASINING ICHINI TOZALASH
Kir bo'lgan buyumlarni yuvilishidan keyin mashinada qolishi mumkin bo'lgan kir, turpoq, badbo'y hidlar,
po'panak yoki bakteriyalarni yo'qotish uchun yuvish mashinasining ichini tez-tez tozalab turish kerak.
Ushbu yo'riqnomalarga amal qilmaslik kir yuvish mashinasi yoki yuvilgan kirlarda badbo'y hidlar va/yoki
tozalab bo'lmaydigan dog'larning qolishi kabi noxush natij alarga olib kelishi mumkin.
Kerak bo'lsa, qattiq suvdan qolgan dog'larni tozalash kerak. Kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan
tozalagichlardan foydalaning.
KIR YUVISH VOSITALARINING SURMA QUTISINI TOZALASH
Chang qatlami paydo bo'lishi sababli avtomatik surma qutini tozalash kerak bo'ladi.
1. Suyuq yuvish vositasining bo'limini surma qutidan chiqaring.
2. Mato yumshatgich va oqartirgich bo'limlaridagi sifon qopqog'ini
oching.
3. Barcha qismlarni oqayotgan suvda yuving.
4. Qutining ichlarini yumshoq chyotka bilan tozalang.
5. Sifon qopqog'ini yoping va joyiga mahkamlab o'rnating.
6. Surma qutisini joyiga qaytarib o'rnating.
7. Buyumlarni solmasdan Chayish+Siqish rejimini ishga tushiring.
Sifon qopqog'i
YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec6:32
YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec6:32
2013-12-12
2:40:46
2013-12-12
2:40:46