Инструкция по эксплуатации Samsung WD1142XVR
Страница 137
O’zbek - 5
01 XA
VFSIZLIK BO'YICHA MA'L
UMO
TLAR
O'RNATISHGA TEGISHLI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI
Ushbu mashinani o'rnatish malakali texnik yoki sizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan
amalga oshirilishi kerak.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning
ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina og'ir, uni ko'targanda ehtiyot bo'ling
Elektr tarmog'iga ulash shnurini 220-240 V / 50 Gzli devor rozetkasi yoki undan yuqoriga
ulang va bu rozetkadan faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari,
uzaytma simdan (udliniteldan) foydalanmang.
- Rozetkaga uchtalik (troynik) yoki uzaytma sim (udlinitel) orqali boshqa qurilmalarni ulash
elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
- Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko'rsatilganlari
bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi
yoki yong'inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam
tiqilgan bo'lishi kerak.
Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq
latta bilan muntazam ravishda tozalab turing.
- Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.
- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga to'g'ri tomoni bilan va shnur polda bemalol
yotadigan qilib ulang.
- Agar elektr vilkani rozetkaga qarama-qarshi yoʼn alishda ulasangiz, shnur ichidagi elektr
simlar shikastlanishi va elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki
qadoqlash materiallari ular uchun xavfl i bo'lishlari mumkin.
- Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlansa, o'zingizga eng yaqin
joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu mashina yerga ulangan simga (zazemleniye) to'g'ri ulangan bo'lishi shart.
Ushbu mashinani gaz quvuri, plastik suv quvuri (vodoprovod trubasi) yoki telefon liniyasi
orqali yerga ulamang.
- Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq
muammolarga olib kelishi mumkin
- Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan
rozetkaga ulamang va yerga ulashning mahalliy va milliy tartiblariga muvofi q ekanligiga
ishonch hosil qiling.
Ushbu mashinani isitgichlar, yonuvchan materiallar yaqiniga o'rnatmang.
Ushbu mashinani nam, yog'li yoki chang bosgan joylar yoki bevosita quyosh yoki suv
(masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.
Ushbu mashinani past haroratli joylarga o'rnatmang.
- Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin
Ushbu mashinani gaz chiqib ketishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.
- Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Elektr transformatorlaridan foydalanmang.
- Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
YUKON-03073S-05_UZ.indd 5
YUKON-03073S-05_UZ.indd 5
2013-12-12
2:40:39
2013-12-12
2:40:39