Qaysi kir yuvish vositalaridan foydalanish, Kir yuvish vositalari uchun surma quti – Инструкция по эксплуатации Samsung WD1142XVR

Страница 163

Advertising
background image

O’zbek - 31

03 KIR YUVISH

KIR YUVISH VOSITASI VA QO'SHIMCHALAR TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR

Qaysi kir yuvish vositalaridan foydalanish

Siz foydalanishingiz kerak bo'lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik
matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga asoslangan holda aniqlanadi. Doimo
avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir yuvish vositasidan
foydalaning.
Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik
darajasiga asoslanagn holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling.
Agar siz hududingizdagi suvning qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti idorasidan
so'rang.

Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish
vositasi chayish rejimida qolib ketishi mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha
chaymasligiga yoki to'silib qolish natij asida suvning tashib ketishiga olib kelishi mumkin.

Iltimos, Jundan qilingan buyumlar rejimidan foydalanganda quyidagilarni inobatga
oling.

• Faqat junli buyumlar uchun bo'lgan neytral suyuq yuvish vositasidan foydalaning.
• Kukunli yuvish vositasidan foydalanganda, u buym ustida qolishi mumkin va materialga

(jun) shikast yetkazishi mumkin.

Kir yuvish vositalari uchun surma quti

Ushbu kir yuvish mashinasi kir yuvish vositalari va mato yumshatgichi uchun alohida bo'lmalar
bilan jihozlangan. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval tegishli bo'limga kir yuvish
uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni soling.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kir yuvish vositalari uchun surma qutini ochmang,
chunki sizga issiq suv yoki bug' sachrashi mumkin.

1. Boshqarish panelining chap qismidagi kir yuvish vositalari

uchun surma qutini oching.

2. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval kir yuvish

vositasi bo'limiga

tavsiya qilingan miqdorda kir yuvish

vositasini qo'shing.

3. Kerak bo'lsa, tavsiya qilingan miqdordagi mato

yumshatgichini

yumshatgich bo'limiga soling. MAX FILL

(

) CHIZIG'IDAN OSHIRIB yubormang.

4. Dastlabki yuvish opsiyasidan foydalanganda tavsiya

qilingan miqdorda kir yuvish vositasini dastlabki yuvish
bo'limiga soling

.

Katta buyumlarni yuvganda kir yuvish vositalarining quyidagi turlaridan FOYDALANMANG.

• Tabletka va kapsulalar ko'rinishidagi kir yuvish vositalari
• Shar va to'rdan foydalanuvchi kir yuvish vositalari

Konsentratsiyalangan yoki quyuq mato yumshatgichi, konditsioner va suyuq yuvish
vositasitalari bo'limiga qo'shishdan avval ozgina suv bilan aralashtirish kerak (bu to'silib
qolish tufayli suvning toshib ketishini oldini oladi).

YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec5:31

YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec5:31

2013-12-12

2:40:45

2013-12-12

2:40:45

Advertising