Kir yuvish mashinasini o'rnatish, Suvni chiqarish, Pol qoplamasi – Инструкция по эксплуатации Samsung WD1142XVR

Страница 145: Atrof-muhit harorati, Tokcha yoki shkafga o'rnatish, Qadam joyni tanlash

Advertising
background image

O’zbek - 13

02 O'RNA

TISH

Suvni chiqarish

Samsung kompaniyasi balandligi 46 sm bo'lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya qiladi. Suv
chiqarish shlangi mashinaning orqa devorida joylashgan suv chiqarish shlangi qisqichi orqali suv
chiqarish trubasiga tomon o'tkazilishi kerak. Suv chiqarish trubasi suv quyish shlangining tashqi
diametriga mos kelishi uchun yetarli darajadagi katta diametrga ega bo'lishi kerak. Suv quyish
shlangi zavodda biriktiriladi.

Pol qoplamasi

Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o'rnatilgan bo'lishi
kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och
pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va kafelli pollar tebranishlarning
vujudga kelishiga ko'maklashadi, bunda siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishga
moyilligi kuzatiladi.

Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga o'rnatmang.

Atrof-muhit harorati

Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv klapani,
nasos va shlanglarda doimo oz miqdordagi suv qoladi. Trubalardagi muzlagan suv tasmalar,
nasos va boshqa qismlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Tokcha yoki shkafga o'rnatish

Kir yuvish mashinasi xavfsiz tarzda va to'g'ri ishlashi uchun uni o'rnatishda quyidagi oralig'lar
(zazorlar) qoldirishga amal qilish kerak:

Chekkalar - 25 mm

Orqasi - 150 mm

Tepasidan - 432 mm

Oldidan - 51 mm

Agar kir yuvish mashinasi va quritgich birgalikda o'rnatilgan bo'lsa, tokcha yoki shkafning old
tomonida havo almashishi uchun kamida 465 sm² bo'lgan bo'sh joy qoldirilishi kerak. Kir yuvish
mashinasi alohida o'rnatilgan hollarda havo almashishi talab qilinmaydi.

KIR YUVISH MASHINASINI O'RNATISH

1-QADAM
Joyni tanlash

Kir yuvish mashinasini o'rnatishdan avval o'rnatiladigan joyning quyidagi talablarga javob
berishiga ishonch hosil qiling:

• Gilam qoplama yoki havo almashishiga to'sqinlik qilishi mumkin qoplamaga ega

bo'lmagan qattiq, tekis sirtning mavjudligi

• To'g'ridan-to'g'ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalanganligi
• Yetarli darajadagi havo almashishiga egaligi
• Muzlamasligi (0 ˚C-dan past bo'lmasin)
• Moyli yoki gaz isitgichlar kabi issiqlik manbalaridan uzoqda joylashganligi
• Elektr manbaiga ulash kabeli kir yuvish mashinasining tagidan o'tmasligi uchun yetarli

darajadagi joyning mavjudligi

YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec9:13

YUKON-03073S-05_UZ.indd Sec9:13

2013-12-12

2:40:40

2013-12-12

2:40:40

Advertising