Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar, Muhim xavfsizlik belgilari va ehtiyot choralari – Инструкция по эксплуатации Samsung WD1142XVR

Страница 135

Advertising
background image

O’zbek - 3

01 XA

VFSIZLIK BO'YICHA MA'L

UMO

TLAR

xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada
kir yuvish mashinangizni o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha
muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning barcha afzalliklari va
imkoniyatlaridan to'liq darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.

TEXNIKA XAVFSIZLIGI KO'RSATMALARI TO'G'RISIDA MUHIM MA'LUMOTLAR

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda
boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqing va kelajakda
foydalanish uchun mashinaning yonidagi ishonchli joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo'llanmada bayon
qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda
siz sog'lom fi kr bilan ish ko'rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan
ta'minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi
belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa,
sizga eng yaqin bo'lgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan
tavsiyalar yoki ma'lumotlar toping.

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va
ramzlar quyidagi maʼn olarni bildiradi:

OGOHLANTIRISH

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy
jarohat olish, o'lim va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat
olish va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Yong'in chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfi ni kamaytirish
uchun kir yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga
amal qiling:

Kuch ishlatmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.

Elektr vilkasini rozetkadan chiqaring.

Elektr toki urishining oldini olish uchun kir yuvish mashinasi yerga ulangan simga
ulanganligiga (zazemleniye qilinganligiga) ishonch hosil qiling.

Yordam uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqalarning jarohatlanishlarini oldini olish uchun bu yerda
keltirilgan. Iltimos, ularga qat'iy amal qiling. Ushbu bo'limni o'qib chiqqandan keyin kelajakda
foydalanish uchun qo'llanmani ishonchli joyda saqlang.

YUKON-03073S-05_UZ.indd 3

YUKON-03073S-05_UZ.indd 3

2013-12-12

2:40:38

2013-12-12

2:40:38

Advertising