Инструкция по эксплуатации Samsung MS23H3115FK

Страница 114

Advertising
background image

O'zbekcha - 18

1. Nonushta

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

1-1

Suli yormasi

Quruq rus suli yormasi (Gerkules) - 50 g, shakar - 5 g, tuz - 0,5 g,

qaynatilgan suv - 200 ml, sovuq sut - 100 ml
Yormani chuqur tarelkaga soling, shakar va tuz qo'shing. Qaynagan suv, sut

qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

1-2

Grechixa

bo'tqasi

Grechixa bo'tqasi - 100 g, tuz - 2 g, qaynagan suv - 300 ml
Grechixa bo'tqasini chuqur kosaga seping va tuz qo'shing. Qaynagan suv

qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.

1-3

Tuxum-pashot

Tuxum-1 dona, suv-150 ml

9 % li rus sirkasi-10-15 ml
Suvli va sirkali kosani mikroto'lqinli pechga joylashtiring. Suvni qaynash

darajasigacha olib boring. Tovushli signaldan ekyin suvli va sirkali kosani

pechdan oling. Vilka bilan suvni markazida voronka paydo bo'ladigan

tarzda aralashtirgan holda unga po'sti archilgan tuxumni soling. Tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

1-4

Konservalangan

no'xotli

sosiskalar

Sosiskalar - 2 dona (50 g/dona), yog' -5 g, konservalangan no'xot - 135 g

(suyuqliksiz)
Sanchigan sosiskalarni plastik qopqoqsiz tarelkaga qo'ying va sariyog'

qo'shing. Yog' ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni

boshlang.

1-5

Quymoq

Tuxum - 3 dona, sut - 30 ml, tuz - 2 g
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga

quying. Tayyorlashni boshlang.

1-6

Keks

Shakar - 45 g, vanilin xushbo'yli shakar - 5 g, yog' - 40 g, tuxum - 0,5 dona,

sut - 30 ml, pishirish sodasi - 3 g, un - 100 g
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing.

Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga

joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Uni jomdan olishdan avval sovushini

kuting.

1-7

Limonli qumloq

pechenye

Un - 100 g, sariyog' - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig'i - 0,5 dona, iliq

suv - 1 choy qoshiq, limon po'stlog'i, shakar-qiyom uchun: Tuxum sarig'i -

1 dona, shakar kukuni - 3-5 g
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang.

Ularni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring.

Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum

sarig'i bilan tepasidan yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash

jarayonini davom ettiring. Sovushini kuting.

2. Tushlik

Kod/Taom

Masalliqlar / Ko'rsatmalar

2-1

Karam sho'rva

(1) Qirilgan lavlagi - 50 g, to'rg'algan karam - 20 g, qirilgan sabzi - 15 g,

to'rg'algan piyoz - 10 g, tomat pastasi - 15 g, shakar - 5 g

(2) Mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 650 ml, dafna bargi - 1 dona, sirka 9 % - 5 ml (ta'bga ko'ra)

Barcha masalliqlarni katta kosaga soling (1), qaynoq bulon (Mol go'shti

buloni yoki quruq konsentratli suv - 650 ml) va dafna bargi qo'shing.

Tayyorlashni boshlang.

2-2

Go'shtli

solyanka

(1) To'rg'algan piyoz - 45 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 350 ml

(2) Kavar - 7 g, qirilgan muzlangan bodring - 50 g, tomat pastasi -

10 g, zaytun - 16 g, zaytun suyuqligi - 20 g, dafna bargi - 1 dona,

go'shtli assorti - 30 g, mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga

aralashtirilgan bulon kubikchasi - 300 ml

Piyozni katta jomga soling, qaynayotgan (1) bulonni qo'shing. Tayyorlashni

boshlang. Pech tovushli signal berganida boshqa masalliqlarni (2) qo'shing.

Barchasini yaxshilab aralashtiring, bulon, dafna bargi qo'shing va tayyorlash

jarayonini davom ettiring.

2-3

Tovuqli ugra

Vermishel - 10 g, tovuq filesi - 50 g, qirilgan sabzi - 15 g, to'rg'algan piyoz -

10 g, tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 440 ml
Vermishelni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Boshqa

masalliqlarni qo'shing. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni boshlang.

2-4

Xantal sousi

qo'shilgan

cho'chqa bo'yni

(1) Cho'chqa bo'yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g, to'rg'algan piyoz - 20 g,

tovuq go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon

kubikchasi - 100 ml

(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali - 20 g, smetana - 30 g,

suv - 50 ml

Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq

bulonini (1) qo'shing. Uni chuqur tarelkaga soling. Yaxshilab aralashtiring va

tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech

tovushli signal berganida aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring

va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-00_UZ.indd 18

2013-12-12 �� 11:18:21

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: