Инструкция по эксплуатации Samsung MS23H3115FK

Страница 106

Advertising
background image

O'zbekcha - 10

DIQQAT

Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan

foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush

qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan

FOYDALANMANG.

O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.

Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan

foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi

yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l

qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda

isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan

keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin;

Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun

yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib

qo'ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo

ta'sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va

avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha

o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda

doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va kuchli

qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida

20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning

oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.

Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash

maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin

avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda

mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni

joylashtirish tavsiya qilinadi.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda

pechni or'nating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga

qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga

ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-00_UZ.indd 10

2013-12-12 �� 11:18:17

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: