Idish tanlash bo’yicha qo’llanma – Инструкция по эксплуатации Samsung MG23F301TCW

Страница 157

Advertising
background image

31

O'ZBEKCHA

MIKROTO’LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA

BLOKIROVKA QILISH

Ushbu mikroto’lqinli pechda ichki o’rnatilgan xavfsizlik dasturi mavjud, u bola yoki pechdan

foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo’ymasligi uchun pechdan

foydalanishni bloklashga imkon beradi. Pechni har qanday payt blokirovka qilish mumkin.
1. ( ) va ( ) tugmalarini ikki soniya davomida bosib turing.

Natija:

• Pech bloklangan (funktsiyalar tanlash mumkin

emas).

• Displeyda "L" namoyish etiladi.

2. Pechdan blokirovkani olib tashlash uchun ( ) va ( )

tugmachalarini yana ikki soniya davomida bosib turing.

Natija:

Pechni odatiy ravishda ishlatish mumkin.

IDISH TANLASH BO’YICHA QO’LLANMA

Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va

foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni

tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi

ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari

keltirilgan va ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi

ko’rsatilgan.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

Alyuminiy folga

✓ ✗

Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish uchun

oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Folganing pech devoriga

yaqin turishi yoki ko'p miqdorda folga ishlatilishi elektr yoyi

paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Qizartirish uchun idish

Oldindan sakkiz daqiqadan ko’p qizdirmang.

Chinni va sopol

buyumlar

Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan keramika

va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak bo’lmasa, mos

keladi.

Poliefirda bir martalik

idish.

Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday idishlarga

solinib o’raladi.

Oshxona anjomlari

Mikroto’lqinli

pechda

foydalanish

uchun yaroqliligi

Izohlar

Tez tayyorlanadigan

mahsulotlar o’rami
• Polistirol stakanchalar

va konteynerlar

Taomni isitish uchun ishlatish mumkin. Polistirolning qizib

ketishi erishga olib kelishi mumkin.

• Qog’oz paketlar yoki

gazetalar

Yonib ketish xavfi.

• Ikkilamchi

xomashyodan

tayyorlangan qog’oz

yoki metall bezak

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Shisha idish
• Tayyorlash uchun idish

Metall bezagi bo’lmasa, ishlatish mumkin.

• Yupqa shisha idish

Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin.

Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi yoki yorilishi

mumkin.

• Shisha bankalar

Qopqog’ini olib qo’yish kerak. Faqat isitish uchun yaroqli.

Metall
• Idishlar

Elektr yoyi yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.

• Paketlarni bog’lash

uchun buralgan simlar

Qog'oz
• Tarelkalar,

stakanchalar,

salfetkalar va oshxona

qog’ozi

Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Ortiqcha namlikni

yutish uchun.

• Qayta ishlangan

qog'oz

Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.

Plastik
• Konteynerlar

Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo’lsa.

Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta’sirida qiyshayib

qolishi, rangini yo’qotishi mumkin. Melaminli plastikdan

foydalanmang.

• Yopishqoq plyonka

Namlikni ushlab turish uchun qo’llanishi mumkin. Taomga

tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot bo’ling,

chunki tashqariga issiq bug’ chiqadi.

MG23F301TCW_BW_DE68-04178J-02_UZ.indd 31

2013-12-16 �� 6:06:35

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: