Qo'lda tozalash, Katalitik emal yuza (ixtiyoriy), Suv to'plagichini tozalash (ixtiyoriy) – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H5557LB

Страница 140: 32 qo'lda tozalash, 32 katalitik emal yuza (ixtiyoriy), 32 suv to'plagichini tozalash (ixtiyoriy)

Advertising
background image

O'zbek - 32

QO'LDA TOZALASH

OGOHLANTIRISH: Pech va uning anjomlarini tozalashdan oldin ular sovuq ekanligini tekshiring.

Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq

yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.

Pechning ichki qismi

Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli

suvdan foydalaning.

Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.

Pechning emal yuzasini shikastlanishdan saqlash uchun oddiy pech tozalagichlaridan

foydalaning.

Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.

Pechning tashqi yuzasi

Pech eshigi, dastasi va displeyi kabi pechning tashqi qismlarini tozalash uchun toza latta va sust

yuvish vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va ularni qog'oz sochiq yoki quruq sochiq bilan

artib, quriting.

Pechdan chiqayotgan issiq havo tufayli tutqich yoki tugmachalar tezda yog'li kir bilan qoplanib

qolishlari mumkin, shuning uchun pechni ishlatganingizdan so'ng tutqich bilan tugmachalarni

tozalang.

Anjomlar

Anjomlarni har safar foydalangandan keyin yuving va choy sochig'i bilan quriting. Zarur bo'lgan

hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvni shimdiring.

KATALITIK EMAL YUZA (IXTIYORIY)

Olib qo'yiluvchi qoplama to'q kulrang katalitik emal qilan qoplangan, bu konveksiyali qizdirish

vaqtida aylanuvchi havo bilan tarqatiladigan moy va hayvon yog'lari bilan qoplanishi mumkin.

Bu qoplamalar pechning harorati 200 °C darajasidan oshgandan keyin yonib ketadi.
1. Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2. Pechning ichki yuzasini tozalagandan so‘ng, bir soat davomida pechni 250 ºC da konveksiyaga

qo‘yib qo‘ying.

SUV TO'PLAGICHINI TOZALASH (IXTIYORIY)

Suv to'plagichi pechda juda nam taomlar tayyorlanayotganida

namlikdan to'planadigan suvni yig'ish uchun mo'ljallangan. Suv

to'plagichida taomlarning qoldiqlari yig'ilib qolishi mumkin. Agar u

tozalanmasa, pechni o'rab turuvchi jihoz shikastlanishi mumkin.

Jihozingizni himoyalash uchun pechda taom tayyorlagan so'ng suv

to'plagichini tozalab turing.

OGOHLANTIRISH: Agar taom tayyorlaganingizdan so'ng suv

to'plagichidan suvning sizib chiqishini payqasangiz, bizning

xizmat markazimiz bilan bog'laning.

Suv to'plagichi

Prezio Airv_NV70H5587BB_WT_DG68-00541A-01_UZ.indd 32

2014-07-11 11:43:50

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: