Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H5557LB

Страница 113

Advertising
background image

O'zbek - 5

Agar bolalar nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun

javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida

ko'rsatmalar berilsa va ular yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni

anglab yetsalar, bu qurilmadan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki

aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan

shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu qurilma bilan

o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar

tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan yuzalarning harorati

baland bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi

mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning

qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti

yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni tayyorlaganda

holatini saqlab qolish uchun pechning orqa tarafiga

bukilgan yon ramani joylashtiring. (modelga bog'liq

ravishda)

DIQQAT

Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri ta'mirlash siz va

boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Agar pech ta'mirlashga muhtoj bo'lsa, SAMSUNG Xizmat ko'rsatish

markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak. Hech qachon ko'p

vilkali adapterlar yoki uzatmalardan foydalanmang.
U ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib qo'yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
Agar bu qurilmada bug'da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minot kartrijlari shikastlangan hollarda bu

qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish

markaziga murojaat qiling. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)

01

BU QO'LLANMA VA XAVFSIZLIK YO'L-YO'RIQLARIDAN FOYDALANISH

Prezio Airv_NV70H5587BB_WT_DG68-00541A-01_UZ.indd 5

2014-07-11 11:43:33

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: