Ushbu qo'llanmadan foydalanish, Xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H5557LB
Страница 111
O'zbek - 3
ushbu qo'llanmadan foydalanish
SAMSUNG kompaniyasining jihoz ichiga o'rnatiladigan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, va unga texnik
xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan
kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Ushbu qo'llanma matnida quyidagi belgilardan foydalaniladi:
OGOHLANTIRISH yoki DIQQAT
Muhim
Eslatma
xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu
qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun
javobgardir.
OGOHLANTIRISH
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik
uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan
foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa,
bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar)
foydalanishlari mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil
qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki
ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli
agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga
ulanish to'plamiga almashtirish zarur.
(faqat mahkamlanuvchi simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat
ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi
kerak. (faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri turidagi model)
01
BU QO'LLANMA VA XAVFSIZLIK YO'L-YO'RIQLARIDAN FOYDALANISH
Prezio Airv_NV70H5587BB_WT_DG68-00541A-01_UZ.indd 3
2014-07-11 11:43:33