Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H5557LB

Страница 120

Advertising
background image

O'zbek - 12

Old

Chuqur patnis (Modelga bog'liq ravishda)

Chuqur patnisda (chuqurligi : 50 mm) qovursa ham bo'ladi. Undan

pech tubiga suyuqlik tomishining oldini olish uchun simli patnis

bilan birgalikda foydalanish mumkin. Nishab tomonini old tarafga

qo'ying.

Bo'lgich (ixtiyoriy), yuqori, quyi va ikkitalik rejimlar uchun.

3-bosqichda kiritib ishlating. Tayyorlash bo'lmasining orqa devorida

bo'lgichni sezuvchi o'chirgich bor. Orqaga to'laligicha kiriting.

Sixli moslama (ixtiyoriy), 2 ta six, olinadigan dasta va tayanch, ular

pastdan 3-tokchaga sig'adi. Grilni ishlatish uchun pechning ichki

orqa devoridagi teshikka sixni joylashtiring. Sixni ishlatishda chuqur

patnisni 1-bosqichga qo'ying.

Sixli moslama va kabob. (ixtiyoriy)

Yog' filtri. (ixtiyoriy)

Pechning ichki orqa devoriga o'rnatiladigan yog' filtri ventilyatorni,

doira isitkich va pechni ifloslanishdan, ayniqsa yog' sachrashidan

himoya qiladi. Go'sht pishirishda yog' filtrini ishlatishni tavsiya qilamiz.

Pishiriq pishirayotganda filtrni olib tashlang! Pishiriq yoki pirog

pishirishda filtr o'rnatilgan bo'lsa, natijasi yaxshi chiqmasligi mumkin.

Teleskopik yo'naltirgichlar (ixtiyoriy)
Simli tokcha yoki patnisni kiritish uchun avval bitta muayyan qavatdagi

teleskopik yo'naltirgichni chiqarib oling.

Simli tokcha yoki patnisni yo'naltirgichlarga joylashtiring va ularni

oxirigacha pechga surib kiriting. Teleskopik yo'naltirgichlarni pech
ichiga surib kiritganingizdan keyingina pech eshigini yopishingiz kerak.

Undan foydalanish uchun:
Tayyorlash sharbatlarini yig'ish uchun chuqur kastryulni (tagliksiz) 1-chi darajaga yoki agar

qovuriladigan go'sht juda katta bo'lsa, pechning tubiga o'rnating.

Vilkalardan birini sixga qo'ying; qovuriladigan go'shtni sixga joylashtiring;
Bug'da pishiriladigan kartoshka va sabzavotlarni bir vaqtda pishirish uchun chuqur

kastryul qirg'oqlari bo'ylab joylashtirish mumkin.

O'rta tokchaga tayanchni joyalshtiring va old qismiga "v" shaklida qo'ying.
Sixni kiritishda yordam berish uchun dastani o'tmas uchidan burash mumkin.
Sixning ko'rsatkich uchini orqaga qilgan holda tayanchga qo'ying va six uchun pechning

orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirginucha sekingina suring. Sixning o'tmas
uchun "v" shakldagi tayanchga qo'yilishi kerak.
(Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun pech eshigiga yaqin joylashtirilishi
kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor, bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi.)

Tayyorlashdan avval dastani bo'shatib oling. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan

olishda yordam berishi uchun dastani qayta joyiga qotiring.

OGOHLANTIRISH: Pirolitik tozalash uchun barcha anjomlar va o'zini tozalashda

qatnashmaydigan anjomlar olib tashlanishi kerak.

Prezio Airv_NV70H5587BB_WT_DG68-00541A-01_UZ.indd 12

2014-07-11 11:43:39

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: