Инструкция по эксплуатации Samsung ME73MR-S
Страница 88
10
O'ZBEKCHA
MIKROTO'LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING
EHTIMOIY TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA EHTIYOTKOR
CHORALARI. (FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga
zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.
(a) Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga
urinmang, blokirovka qiluvchi kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki
blokirovka qiluvchi kontaktlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b) Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni QO'YMANG,
zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari
to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan foydalangandan so'ng eshikcha va
uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan
artgan holda, tozalikda saqlang.
(c) Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o'tgan mikroto'lqinli
buyumlar bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan ta'mirlanmaguncha
undan FOYDALANMANG. Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar
shikastlanmagani juda muhim:
(1) Eshikcha (qiyshaymagan)
(2) Eshikcha halqalari (singan yoki bo'shashgan)
(3) Eshikcha zichlagichlari va zichlovchi yuzalar
(d) Pechni sozlash yoki ta'mirlash ishlari ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan
o'tgan mikroto'lqinli pechlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakali mutaxassis
tomonidan bajarilishi kerak.
Agar moslamaning buzilishi va/yoki aksessuarning buzilishi yoki talafoti mijoz
tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung aksessuarni almashtirish yoki kosmetik defektni
tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Ushbu talablar qoplaydigan
elementlarga quyidagilar kiradi:
(a) Ezilgan, tirnalgan yoki buzilgan eshik, ruchka, old panel yoki boshqaruv paneli.
(b) Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
• Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish
uchun mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi
ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi
mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani
o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi
sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga
yo'l qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq
joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli
pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni
tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab
ketishlari mumkin; Shuningdek, germetik yopilgan butilka,
banka, konteynerlar, butun yong'oq, pomidor kabilarni isitish
mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib
qo'ymang. Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo
ta'sirida yonib ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi
va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada
sovuginicha o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan
olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring, va
kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin
kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning
oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish
kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash
maqsadida mikroto'lqinli pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda
mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni
joylashtirish tavsiya qilinadi.
Ushbu qo'llanmada ko'rsatilgan zazorlarga asoslangan holda
pechni or'nating. ("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga
qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga
ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
ME73MR_BWT_DE68-04091B-03_UZ.indd 10
2013-11-28 �� 9:13:31