Инструкция по эксплуатации Samsung ME73MR-S

Страница 87

Advertising
background image

9

O'ZBEKCHA

Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini

rozetkadan uzmang.
Qurilmaga barmoqlaringiz va begon buyumlarni qo'ymang.

Agar qurilma ichiga suv yoki boshqa begona modda kirib

qolgan bo'lsa, elektr manbaiga ulash kabelini uzing va

o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga

murojaat qiling.

Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki urmang.

Pechni sinuvchan buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki

shisha buyumlar ustiga qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt,

bug'tozalagich yoki yuqori bosimli tozalagichlardan

foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining

qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil

qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam

tiqing. Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan perexodnik,

uzaytirgich yoki transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang,

uni buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali

o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr

manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr

manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda o'zingizga eng

yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.

Pechga, uning ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni

qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni

sepmang.

Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida

spirt bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot

bo'ling, chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib

ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga

yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini

eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib

olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish

sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning

uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar

bilan muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak;

Bunday holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga

imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO

kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni

aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.

Kuyish sodir bo'lganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish

bo'yicha quyidagi harakatlarni bajaring:

• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib

turing.

• Unga toza quruq lattani bog'lang.
• Hech qanday kremlar, moylar yoki los'onlar surtmang.

DIQQAT

Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan

foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki

kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar

kabilardan FOYDALANMANG.

O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.

Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning

shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan

foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib

ketishi yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.

ME73MR_BWT_DE68-04091B-03_UZ.indd 9

2013-11-28 �� 9:13:30

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: