Инструкция по эксплуатации Samsung ME73MR-S
Страница 86
8
O'ZBEKCHA
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida lampochka
malakaga ega bo'lmagan shaxs tomonidan
almashtirilmasligi kerak. Lampochka malakali muhandis
tomonidan almashtirib berilishi uchun o'zingizga yaqin
joylashgan vakolatli Samsung xaridorlarga xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qling.
OGOHLANTIRISH
Mikroto'lqinli pechni har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlash
ishlari faqat malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Suyuqliklar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini germetik
yopilgan konteynerlarda mikroto'lqin funksiyasida isitmang.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv
oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan tozalamang.
Qurilmani issiqlik manbalari, tez yonuvchan materiallarga
yaqin joylar, namlik, yog'li yoki changlanganlik darajasi yuqori
bo'lgan xonalar, to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari
yoki suv ta'siri ostidagi joylar hamda maishiy gaz chiqib ketishi
mumkin bo'lgan joylar va notekis sirtlarga o'rnatmang.
Qurilmani mahalliy va davlat talablariga muvofiq yerga to'g'ri
ulash kerak.
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr
manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning
ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va boshqalar kabi) chiqish holatlari
yuz berganda darxol xonani shamollating va elektr manbaiga
ulash kabeliga tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'llaringiz bilan
tegmang.
MIKROTO'LQINLI PECHNI SAQLASH VA TA'MIRLASH
Mikroto'lqinli pechni o'rnatishda va unga xizmat
ko'rsatishda bir nechta oddiy ehtiyot choralari ko'rilishi
lozim.
Agar pechning eshigi va eshik zichlagichlari
shikastlangan bo'lsa, uni ishlatish mumkin emas:
• Xalqalari singan bo'lsa
• Zichlagich yemirilgan bo'lsa
• Pech qoplamasi deformatsiyalangan yoki bukilgan
bo'lsa
Pechni ta'mirlash ishlari faqat mikroto'lqinli pechlar
bo'yicha malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi kerak
HECH QACHON pechning tashqi qoplamasini
yechib olmang. Agar pech nosoz bo'lsa va ta'mirlash
talab etilsa, yoki sizni uning holati shubhalantirsa:
• Uni tarmoq rozetkasidan uzib qo'ying
• Yaqinda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling
Agar pechingizni vaqtinchalik saqlashga olib
qo'ymoqchi bo'lsangiz, unda quruq va changsiz joyni
tanlang.
Sababi : Chang va namlik pechning ishchi qismlariga
zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ushbu mikroto'lqinli pech tijorat maqsadlarida
foydalanish uchun mo'ljallanmagan.
ME73MR_BWT_DE68-04091B-03_UZ.indd 8
2013-11-28 �� 9:13:28