Инструкция по эксплуатации Samsung GE731KR

Страница 108

Advertising
background image

12

O'ZBEKCHA

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida taom tayyorash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini

ALBATTA tekshiring.

Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying. Keyin

eshikchani yoping.

1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing.

Natija:

Quvvatning 750 Vt (taom tayyorlash

uchun eng yuqori darajadagi quvvat)

qiymati namoyish qilinadi:

Displeyda quvvatning kerakli darajasi paydo bo’lgunicha

СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosgan holda kerakli

quvvat darajasini o’rnating. Keyingi sahifadagi quvvat

darajalariga qarang.

2. 10 мин (10 daq), 1 мин (1 daq) va 10 сек

(10 son) tugmachalarini bosgan holda tayyorlash

vaqtini bering.

3. СТАРТ (START)

tugmachasini bosing.

Natija:

Pechda chiroq yonadi va patnis aylana

boshlaydi.

1) Taom tayyorlanishi boshlanadi,

tayyorlash jarayoni yakunlanganida, to’rt marta tovushli

signal beriladi.

2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi

tovushli signal 3 marta (bir daqiqa interval bilan) beriladi.

3) Keyin displey yana joriy vaqtni ko’rsatadi.

Hech qachon bo’sh mikroto’lqinli pechni yoqmang.

NIMADANDIR SHUBHALANSANGIZ YOKI MUAMMO TUG’ILSA,

NIMA QILISH KERAK

Agar sizda quyida sanab o’tilgan muammolardan birortasi paydo bo’lsa, ular uchun berilgan tegishli

yechimlarni qo’llab ko’ring.
Bu normal holat.

Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
• Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug’lik shu’lalari.
• Eshikcha perimetri bo’ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug’.

СТАРТ (START)

tugmachasini bosganingizda, pech ishlamayapti.

Pech eshikchasi to’liq yopilganmi?

Taom umuman tayyorlanmayapti.

Tayyorlanish vaqtini to’g’ri belgiladingizmi va СТАРТ (START)

tugmachasini

bosdingizmi?

• Eshikcha yopilganmi?
• Ehtimol elektr tarmog’idagi yuklamani oshirib yubordingiz? Bu eruvchan saqlagichning

kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan bo’lishi mumkin.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki pishmagan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to’g’ri tanlanganmi?
• Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Ehtimol metall bezagi bor idishdan foydalanilayapti?
• Ehtimol pechda vilka yoki boshqa metall predmet qoldirilgan?
• Ehtimol alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turgan?

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi

mumkin. Bu normal holat. Ushbu muammoni hal etish uchun pechni televizorlar, radiolar

yoki antennalardan uzoqroqda o’rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo’lsa, unda displeydagi ko’rsatkichlar

tashlab yuborilishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun tarmoq shnuri vilkasini

rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.

Agar muammoni yuqoridagi yo’riqnomalarni o’qigandan keyin ham hal eta olmagan

bo’lsangiz, savdo tashkiloti yoki SAMSUNG kompaniyasining sotuvdan keyingi xizmat

ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 12

2013-11-28 �� 7:08:33

Advertising