Инструкция по эксплуатации Samsung GE731KR
Страница 107
11
O'ZBEKCHA
MIKROTO’LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto’lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlardir; mikroto’lqinlardan
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini
o’zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto’lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
• muzdan tushirish;
• tezkor isitish/tayyorlash;
• tayyorlash.
Taom tayyorlash tamoyili
1. Magnetron tomonidan hosil qilinadigan o’ta yuqori
chastotali to’lqinlar aylanuvchi patnisda taomni
aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2. Mikroto’lqinlar mahsulot ichiga 2,5 sm
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta
ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga
davom ettiriladi.
3. Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va
mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog’liq
ravishda turlicha bo’lishi mumkin:
• mahsulotlarning miqdori va zichligi;
• ularning tarkibidagi suvning miqdori;
• boshlang’ich harorat
(mahsulotning muzlatilganligi yoki yo’qligi).
Taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi
uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin
ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta’minlash uchun
taom retseptlari va ushbu yo’riqnomada ko’rsatilgan taomning kutish
vaqtiga amal qilish lozim:
• taomni bir tekis, jumladan markazigacha bir tekis tayyotlash;
• taomning butun hajmi bo’yicha bir xil harorat.
PECHNING ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to’g’ri
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap
burchagidagi katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1. СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing va
1 мин (1 daq) tugmasini kerakli marta bosgan holda
4 daqiqadan 5 daqiqagacha bo’lgan vaqtni o’rnating.
2. СТАРТ (START)
tugmachasini bosing.
Natija:
Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida
isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.
Pech tegishli o’zgaruvchan tok tarmog’i rozetkasiga ulangan bo’lishi
kerak. Pechga aylanuvchi patnis o’rnatilgan bo’lishi kerak. Agar eng
yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni
qaynash darajasiga yetkazish uchun ko’proq vaqt talab qilinadi.
QUVVATLARNI TEJASH REJIMINI SOZLASH
Ushbu pech quvvatlarni tejash rejimi bilan jihozlangan. Ushbu rejim pechdan
foydalanilmayotgan vaqtda elektr quvvatini tejab qolishga imkon beradi.
• Режим энергосбережения (Quvvatlarni tejash
rejimi) tugmachasini bosing.
• Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani
oching, keyin displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi.
Pech foydalanishga tayyor.
GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 11
2013-11-28 �� 7:08:33