Diqqat – Инструкция по эксплуатации Samsung GE731KR

Страница 103

Advertising
background image

7

O'ZBEKCHA

Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish

uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida

mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o’chadi. Pech

tasodifan yoqilgan hollarda mikroto’lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir

stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Mikroto’lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv

materiallar, kimyoviy faol moddalar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan

foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa

oynada darzlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan

masofani ta’minlash kerak ("Mikroto’lqinli pechni o’rnatish" bo’limiga

qarang).
Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda

ehtiyot choralariga amal qiling.

USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH

(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning

elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)

xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga

chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli

atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish

uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling

va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta

foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni

qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni

xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va

xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron

aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik

kerak.

O’rnatgandan keyin qurilmani elektr manbaidan uzishga harakat

qiling. Qurilmani uzish uchun uni shunday o'rnatish kerakki, elektr

manbaiga ulash kabeli vilkasidan foydalanish oson bo’lsin. Yana elektr

o’tkazgichlarini o’tkazish qoidalariga muvofiq statsionar o’tkazgichga

vklyuchatel o’rnatish ham mumkin (faqat sozlanuvchi modellar)

DIQQAT

Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning.

Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona

idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG. O’ralgan

o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling. Sabab: elektr yoyi yoki

uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Plastik yoki qog’oz konteynerdagi taomlarni isitganda pechni kuzatib

turing, chunki yong’in chiqish xavfi mavjud.
Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan

foydalanmang.
Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki

buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Agar tutun paydo bo’lsa, qurilmani o’chiring yoki uni elektr tarmog'idan

uzing va olovni ushlab turish uchun eshikni yopiq holda qoldiring.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish hamda uning ichidagi taom

qoldiqlarini olib tashlash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l qo'ymang

va kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan uzoqroq

joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib

bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham

mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin. Germetik yopilgan

butilka, banka, konteynerlar, butun yong’oq, pomidor kabilarni isitish

mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang.

Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib

ketishlari mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib qolishi

mumkin. Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda albatta

qo’lqoplardan foydalaning.
Ular sovumagunicha qizdirish elementlari yoki pechning ichki devorlariga

tegmang.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli qaynashning

oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20 soniya kuting.

GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 7

2013-11-28 �� 7:08:31

Advertising