Muzlatgichni tozalash, Muzlatgich ichini tozalash, Tashqi qismlarini tozalash – Инструкция по эксплуатации Samsung RF24HSESBSR

Страница 178: Muz / suv dispenserini tozalash

Advertising
background image

MUZLATGICHNI TOZALASH

Samsung kompaniyasining fransuzcha eshikli

muzlatgichi to'g'risida qayg'urish uning xizmat

qilish muddatini uzaytiradi va noxush hidlar va

mikroblarni ketkazishga yordam beradi.

Muzlatgichni tozalash uchun benzol,

suyultirgich, Kloroks yoki mashina yuvish

vositalaridan foydalanmang.

Bu vositalar bilan jihozning sirtiga zarar

yetkazib qo‘yishingiz yoki yong‘inni keltirib

chiqarishingiz mumkin.

Muzlatgich elektr manbasiga ulog'lik turganida suv

sepmang.

Bu tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.

Muzlatgichni tozalash uchun quyidagi qadamlarga

amal qiling:

1. Muzlatgichni elektr quvvat ta’minotidan uzing.

2. Yumshoq yungsiz mato yoki qog‘oz sochiqni

suv bilan ozgina namlang.

Muzlatgichni tozalash uchun hech qanday

yuvish vositasidan foydalanmang, chunki

u muzlatgichning rangini o‘zgartirishi yoki

unga zarar yetkazishi mumkin.

3. Muzlatgichning ichi va tashqarisini toza va

quruq bo‘lguncha arting.

4. Muzlatgichni elektr quvvat ta’minotiga qayta

ulang.

Muzlatgich ichini tozalash

Muzlatgichning ichki devorlari va aksessuarlarini

yumshoq yuvish vositasi bilan tozalang va keyin

yumshoq latta bilan quruq qilib arting.

Yaxshiroq tozalash uchun tortmalar va polkalarni

olib qo'yishingiz mumkin.

Ularni qayta joyiga qo'yishdan avval tortmalar va

polkalarni yaxshilab quriting.

OGOHLANTIRISH

Tashqi qismlarini tozalash

Boshqaruv paneli va raqamli displeyni nam, toza,

yumshoq latta bilan arting.

Eshiklar, dastalar va kabinet yuzalari yumshoq

yuvish vositasi bilan tozalanishi va keyin yumshoq

latta bilan quruq qilib artilishi lozim.

Jihoz eng yaxshi ko'rinishda bo'lishi uchun yiliga

bir yoki ikki marta uning tashqi qismini chyotka

bilan tozalang.

Muzlatgichga suv sepmang.

Tozalash uchun toza, nam lattadan

foydalaning.

Agar harflar bosilgan

sohaga to'g'ridan-to'g'ri

zanglamaydigan metallarni

tozalash vositasini

qo'llasangiz, displeydagi

bosilgan harflar o'chib

ketishi mumkin.

Muz / Suv dispenserini tozalash

Dispenserning bir uchidan bosing va uni chiqarib

oling.

Muz / Suv dispenserini toza, yumshoq latta bilan

arting.

Dispenserdagi maydalangan

muz tanlovchisidan

foydalanganda ayrim muz

qoldiqlari muz tarnovida

to'plana boshlashi mumkin.

Qoldiq muzlarning erishi va

tarnovdan oqib ketishining

oldini olish uchun uning

to'plana boshlaganligini

ko'rishingiz bilan

qoldiq muzlarni tozalab

tashlashingiz kerak.

DIQQAT

DIQQAT

DIQQAT

O'zbekcha - 54

DA68-03022F-02.indb 54

2014. 6. 26. �� 1:32

Advertising