O'rnatishni yakunlash – Инструкция по эксплуатации Samsung RF24HSESBSR

Страница 153

Advertising
background image

5. Gazlangan suv konsentratsiyasi boshlang'ich holatda "2" ga o'rnatiladi.

Konsentratsiyani kerakli darajaga o'rnatish uchun “Sparkling Water” (Gazlangan suv) tugmasini bosing va

To'ldirishni faollashtirish uchun Quick Sparkling (Tezkor gazlash) tugmasini 3 soniya bosib turing.

Agar Gazlangan suv funksiyasi faolsizlantirilgan bo'lsa, uni qaytadan faollashtirish uchun Sparkling Water

(Gazlangan suv) yoki Quick Sparkling (Tezkor gazlash) tugmasini 3 soniya bosib turing.

CO

2

silindri qaytadan o'rnatilishi bilan gazlangan suv hosil qilinadi.

• Gazlangan suv hosil qilish uchun gazlangan suv baki suv bilan to'ldiriladi va sozlangan konsentratsiyaga ko'ra CO

2

gazi igna orqali kiritiladi.

• Gazlangan suv bakida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan begona moddalarni olib tashlash uchun dastlabki 1,2 L

gazlangan suvni chiqarib tashlang.

• U hosil qilinayotgan vaqtda gazlangan suv taqsimlanmaydi. Gazlangan suv tasvirchasi yonidagi raqamlar ( )

miltillashdan to'xtaganda Gazlangan suv taqsimlanishi mumkin.

3 soniya bosing

YOKI

3 soniya bosing

• CO

2

silindirini bo'shatib olish uchun yuqoridagi #1 ~ #4 qadamlarni teskari tartibda bajaring.

Gazlangan suv funksiyasidan foydalanish to'g'risida ko'proq ma'lumotlar olish uchun Gazlangan suv

Funksiyasidan Foydalanish-ga qarang.

O'rnatishni yakunlash

Muzlatgich joyiga o'rnatilgandan keyin siz jihozning barcha xususiyatlari va funksiyalarini o'rnatishingiz va

ulardan rohatlanishingiz mumkin.

Quyidagi qadamlarni yakunlash bilan muzlatgichingiz ishlatish uchun to'liq tayyor bo'ladi.

1. Muzlatgichingizning u bilan devor o'rtasida yetarlicha bo'sh joyga ega bo'lgan mos joyga

o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Ushbu qo‘llanmadagi o‘rnatish ko‘rsatmalariga qarang.

2. Muzlatgich elektr quvvatiga ulangandan so'ng eshikni ochganingizda ichki chiroq yonishiga ishonch

hosil qiling.

3. Harorat boshqaruvini eng sovuq haroratga o'rnating va bir soat kuting.

Muzxona bir oz sovuq holga keladi va dvigatel bir tekis ishlay boshlaydi.

Muzlatgich va muzxonani o'zingiz xohlagan haroratga qaytadan o'rnating.

4. Muzlatgichni elektr quvvat manbaiga ulaganingizdan so‘ng undagi harorat kerakli darajaga kelishi

uchun bir necha soat talab qilinadi.

Muzlatgich harorati yetarli darajada sovuq bo‘ganidan keyin uning ichiga oziq-ovqat mahsulotlari va

ichimliklarni joylashtirish mumkin.

Agar muzxona eshigi markaziy qismining har ikkala tomonida kondensatsiyalanish yoki suv

tomchilari paydo bo'lsa, kondensatsiyalangan suvni olib tashlagandan keyin Energiyani tejash

rejimini o'chiring.

(BOSHQARUV PANELIDAN FOYDALANISH-dagi Energy Saver (Energiyani tejash) tugmasi

bayoniga qarang.)

O'zbekcha - 29

S

O

ZLASH

DA68-03022F-02.indb 29

2014. 6. 26. �� 1:32

Advertising