Qo'lda tozalash, Suv kollektorini tozalash (modelga qarab), Yon fraksiyalarini chiqarish (modelga qarab) – Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3350RS

Страница 124: 28 qo'lda tozalash, 28 suv kollektorini tozalash (modelga qarab), 28 yon fraksiyalarini chiqarish (modelga qarab)

Advertising
background image

O'zbek - 28

QO'LDA TOZALASH

OGOHLANTIRISH: Tozalashdan avval pech va aksessuarlarning sovuganligiga ishonch hosil qiling

Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq

yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.

Pechning ichki qismi

Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan

foydalaning.

Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.

Pechning emal yuzasini shikastlanishining oldini olish uchun oddiy pech tozalagichlaridan

foydalaning.

Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.

Pechning tashqi yuzasi

Pechka eshigi, tutqichiva ekrani kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza mato va yumshoq

tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va quruq mato yoki sochiq bilan arting.

Pechkadan chiqayotgan qaynoq havo tufayli tutqich yoki tugmalar atrofida yog'lar qoldig'i yig'ilishi

mumkin, shuning uchun pechkadan foydalanib bo'lgandan keyin ana shu joylarni tozalab arting.

Aksessuarlar

Aksessuarni har safar foydalangandan keyin yuving va oshxona sochig'i bilan quriting.

Zarur bo'lgan hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvga solib qo'ying.

SUV KOLLEKTORINI TOZALASH (MODELGA QARAB)

Suv kollektori pechka ishlagan paytda har qanday ortiqcha suvlarni

yig'adi. Suv kollektoridan oziq-ovqat qoldiqlari yig'ilishi mumkin.

Pishirib bo'lgandan so'ng oshxona anjomlaringizga shikast yetishining

oldini olish uchun suv kollektorini tez-tez yuvib turing.

OGOHLANTIRISH: Agar taom pishirishdan so'ng siz suv

kollektoridan suv sizib chiqishiga duch kelsangiz, iltimos, biz

bilan xizmat ko'rsatish markaziga bog'laning.

YON FRAKSIYALARINI CHIQARISH (MODELGA QARAB)

1. Yon tomonlama

yo'naltirgich yuqori
qismining o'rtasidan
bosing.

2. Yon tomonlama

yo'naltirgichni taxminan
45° ga aylantiring.

3. Yon tomonlama

yo'naltirgichni torting va
tubdagi ikkitta teshikdan
chiqarib oling. Joyiga
qo'yish uchun ushbu
bosqichlarni teskari
tartibda qaytaring.

Suv yig'uvchisi

Neo Lite_NV70H3340RS_WT_DG68-00591A-01_UZ.indd 28

2014-07-16 4:53:45

Advertising