Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3350RS

Страница 102

Advertising
background image

O'zbek - 6

Qurilma ishlayotgan vaqtda tashqi yuzalarning harorati baland

bo'lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib

ketishi mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan

bolalarning qo'llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Ushbu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti

yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan.
Iltimos, katta miqdordagi mahsulotlarni

tayyorlaganda holatini saqlab qolish uchun

pechning orqa tarafiga bukilgan yon ramani

joylashtiring. (Modelga bog'liq ravishda)

DIQQAT

Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri ta'mirlash siz

va boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Agar pech ta'mirlashga muhtoj bo'lsa, SAMSUNG Xizmat

ko'rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak. Hech qachon

ko'p vilkali adapterlar yoki uzatmalardan foydalanmang.
U ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib qo'yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
Agar bu qurilmada bug'da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minot kartrijlari shikastlangan hollarda bu

qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat

ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga yoki

pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug' tez chiqishi

mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori haroratlar tufayli spirt bug'lanib chiqishi va pechning

issiq qismlariga tekkanda bug' yonib ketishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan

tozalamang.

Neo Lite_NV70H3340RS_WT_DG68-00591A-01_UZ.indd 6

2014-07-16 4:53:29

Advertising