Инструкция по эксплуатации Samsung NV70H3350RS

Страница 109

Advertising
background image

O'zbek - 13

Universal patnisi (Modelga qarab)

Universal patnis (Chuqurligi: 30 mm) pechenyelar va boshqa pishiriqlarni

tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, u qizartirish uchun

yaxshi. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun

tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin. Iltimos, og'gan

tarafini oldga qaratib joylashtiring.
Chuqurlashtirilgan patnis (Modelga qarab)

Chuqurlashtirilgan patnis (Chuqurligi: 50 mm) ham qizartirish uchun yaxshi.

Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun tomchilash

patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin. Iltimos, og'gan tarafini oldga

qaratib joylashtiring.
Gril sixi (Modelga qarab)

Gril sixidan jo'ja singari grilda pishiriladigan go'shtlarni tayyorlash uchun

foydalanish mumkin. Gril sixidan faqat 3-taglikda bitta taom pishirish rejimida

foydalanish mumkin, chunki uning sixi orqa paneldagi adapterga biriktirilishi

kerak. Tayyorlash vaqtida orqa plastik dastani olib qo'ying.
Gril va kabob sixi (Modelga qarab)

Undan foydalanish uchun:

Tayyorlash sharbatlarini yig'ish uchun chuqur kastryulni (tagliksiz) 1-chi

darajaga yoki agar qovuriladigan go'sht juda katta bo'lsa, pechning

tubiga o'rnating.

Vilkalardan birini sixga qo'ying; qovuriladigan go'shtni sixga joylashtiring.

Bug'da pishiriladigan kartoshka va sabzavotlarni bir vaqtda pishirish

uchun chuqur kastryul qirg'oqlari bo'ylab joylashtirish mumkin.

O'rta tokchaga tayanchni joyalshtiring va old qismiga "v" shaklida

qo'ying.

Sixni kiritishda yordam berish uchun dastani o'tmas uchidan burash

mumkin.

Sixning ko'rsatkich uchini orqaga qilgan holda tayanchga qo'ying va

six uchun pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirginucha

sekingina suring. Sixning o'tmas uchun "v" shakldagi tayanchga qo'yilishi

kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun pech

eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan 2 ta bo'rtiqlar bor, bo'rtiqlar

yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).

Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching. Tayyorlagandan keyin sixni

tayanchdan olishda yordam berishi uchun dastani qayta joyiga qotiring.

Six aksessuarlariga 1,5 kg vazndan kamroq bo'lgan taomlar

joylashtirilishi tavsiya etiladi.

Teleskopik yo'naltirgichlar (Modelga qarab)
Panjara, pishirish yoki qovurish kastryulini kiritish uchun avval teleskopik

yo'naltirgichlarni ma'lum darajagacha suring.

Simli panjara yoki patnisni yo'naltiruvchilarga joylashtiring va pechkaga

joylashtiring. Pechka eshigini faqatgina teleskopik yo'naltirgichlar ichiga
to'liq joylashtirganingizdan so'ng yoping.

Moy filtri (Modelga qarab)

Pechkaning orqa ichki devorida o'rnatilgan moy filtri parraknim

aylana isitgichni va pechkani sachrayotgan yog'dan saqlaydi. Go'sht

pishirayotganingizda, yog' filtridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Undan

tayyoralanadiga mahsulotlarni tayyorlaganingizda, doimo filtrni chqarib

tashlang. Agar pishiriq pishirayotganingizda filtr o'rnatilgan bo'lsa, pishiriq

yaxshi pishmasligi mumkin.

04

PECH BOSHQARUV TUGMALARI VA AKSESSUARLARI

Neo Lite_NV70H3340RS_WT_DG68-00591A-01_UZ.indd 13

2014-07-16 4:53:34

Advertising