Инструкция по эксплуатации Samsung GE732KR

Страница 125

Advertising
background image

29

O'ZBEKCHA

GRIL

Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining yuqori gumbazi ostida joylashgan. Ular

faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning aylanishi

taomning tekisroq qizartirilishini ta’minlaydi. Agar gril avvaldan 2-3 daqiqa qizdirib olinsa,

tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril uchun oshxona anjomlari: Tarkibida metall mavjud bo’lgan issiqqa chidamli idishdan

foydalanish mumkin. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan taomlar: Ezilgan go’shtlar, sardelkalar, bifshtekslar,

gamburgerlar, bekon bo’laklari va son go’shtlari, baliq steyklari, sendvichlar va tostlardagi

gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh.

Agar faqat gril rejimidan foydalanilsa, grilning qizdiruvchi elementi orqa devorda vertikal holatda

emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda turganligiga ishonch hosil

qiling. Agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga

joylashtirish kerakligini yodda tuting.

MIKROTO'LQIN + GRIL

Bu rejim o’zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto’lqinlar bilan ta’minlanuvchi tayyorlash

tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi.

Patnisning aylanishi tufayli tayyorlanayotgan taom bir tekis qizartiriladi. Pechning bu modelida

tayyorlashning uch xil birlashgan rejimi mavjud: 600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
"СВЧ + Гриль" (Mikroto'lqin + Gril) rejimi uchun oshxona anjomlari: Mikroto’lqinlarni

o’tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi kerak.

Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo’lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang.

Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
"СВЧ + Гриль" (Mikroto'lqin + Gril) rejimida tayyorlash mumkin bo’lgan taomlar:

Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo’lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo’lgan

(masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash

vaqti talab qilinadigan mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi

qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash

vaqtining yarmi o’tishi bilan ag’dariladi) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish

mumkin. Ko’proq ma’lumotlar olish uchun grildan foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh.

Bigalikdagi (Mikroto'lqin + Gril) rejimidan foydalanganda grilning qizdiruvchi elementi orqa

devorda vertikal holatda emas, balki pechning yuqori gumbazi ostida gorizontal holatda

turganligiga ishonch hosil qiling. Agar ko’rsatmalarda boshqacha ko’rsatilmagan bo'lsa,

mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish mumikin. Boshqa hollarda uni bevosita aylanuvchi

patnisga joylashtirish kerak. Quyidagi jadvaldagi ko’rsatmalarga qarang. Agar mahsulotni har

ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.

Gril rejimida tayyorlash bo’yicha qo’llanma

Pechni gril rejimida 2-3 daqiqa yoqib qo’ygan holda grilni avvaldan qizdiring.

Jadvalda ko’rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan gril rejimida tayyorlash uchun qo’llanma

sifatida foydalaning. Idishni oshxona qo'lqoplaridan foydalangan holda oling.

Yangi

mahsulotlar

Porsiya

Isitish vaqti

(daq.)

Tayyorlash

rejimi

1

tomon uchun

sarf. vaqt

(daq.)

2

tomon uchun

sarf. vaqt

(daq.)

Tost bo’laklari

4 dona

(4 x 25 g)

3

Faqat gril

6-7

5-6

Ko’rsatmalar

Tostlarni yonma-yon panjara ustiga qo’ying.

Bulochkalar

(yangi pishirilgan)

2-4 dona

3

Faqat gril

3-4

2-3

Ko’rsatmalar

Bulochkalarni panjara ustiga aylana shaklida avval tagini yuqoriga qaratib joylashtiring.

Qovurilgan

pomidorlar

250 g

(2 dona)

3

300 Vт + Gril

5½-6½

-

Ko’rsatmalar

Pomidorlarni teng ikkiga bo’ling. Ularning tepasidan tuz, murch va pishloq seping.

Ularni issiqqa chidamli shishadan yasalgan tekis idishga aylana shaklida joylashtiring.

Idishni panjaraga qo’ying.

Gavaycha tostlar

2 dona

(300 g)

3

300 Vт + Gril

7-9

-

Ko'rsatmalar

Avval non bo’laklarini kesing. Nonga ingredientlarni (vetchina, ananas, pishloq

bo’laklari) qo’ying va tostni panjaraga joylashtiring. Tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa

kuting.

Tovuq

qanotchalari

(sovutilgan)

400-500 g

(6 dona)

3

300 Vт + Gril

12-14

11-13

Ko'rsatmalar

Tovuq bo’laklari, masalan, qanotchalari yoki oyoqchalarini yog’ bilan yog’lang va

ziravorlar seping. Ularni suyaklari o’rtaga qilib panjaraga aylana shaklda joylashtiring.

Grilda tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa kuting.

GE731KR_BWT_DE68-04050N-03_UZ.indd 29

2013-11-28 �� 7:08:40

Advertising
Эта инструкция подходит к следующим моделям: